Shu voqea to‘g‘rimi?

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, quyidagi voqea rostan ham bo‘lganmi?
«Bir kuni musibat bo‘lgan xonadonda pulga yig‘lab beradigan xotinning ovozini eshitib qolgan Umar raziyallohu anhu yonida bir kishi bilan hovliga shiddat la kirib bordi da, haligi yig‘ichi xotinni mashhur darrasi ila kaltaklay ketdi. Hatto yonidagi kishi yig‘ichining ro‘moli boshidan tushib ketganini aytganida: «Bu yig‘ichi xotinni uraver! Uning hurmati yo‘q. U sizlarning musibatingiz uchun emas, balki sizlardan oladigan dirhamlari uchun ko‘z yosh to‘kmoqda. U qabrdagi o‘liklaringizga, uydagi tiriklaringizga ozor bermoqda. Alloh sizlarni sabr qilishgan buyurgan, bu xotin esa sizlarni sabrdan qaytarmoqda. Yana bu sizlarni jazava qilishga chaqiradi, holbuki, Alloh taolo bundan qaytargan!» dedi.»
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “Musnadi Ahmad”da shu kabi rivoyat kelgan deyiladi. Lekin sanadi sahih emas. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 18:54 | Savol-javoblar | 153 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar