Ajrashish tugrisida
Assalomu alaykum xurmatli Shayx xazratlari,Anchadan beri Kokcha eki boshka bir machitga borib u erdagi domlalar bilan maslaxatlashaman degan reja bilan yuruvdim, lekin xar xil sabablarga kura xaligacha xam bora olmadim. Bugun ishxonamdan otirib tusatdan internetda xam dinga bagishlangan saytlar bulishi kerakku deb ushbu saytni topdim.Xudoga shukur deb, sizdan uzimning shaxsiy xayotimda juda muxim bulgan kuyidagi mavzu buyicha savolimga javob olmokchi edim.2006 yilda yaxshi oiladan uzbek kizga uylanganman.Bu yilning boshida chiroyli farzandimiz tugildi - kiz.Yaxshi ishda ishlab kelmokdaman, xudoga shukur onam bilan adam yaxshilar va, xudo xoxlasa, yana kop bizlarni xursand kilib yashashadi.Muammo shundaki, oilaviy xaetimiz boshlangandan sung ikkinchi oyidanok xotinim bilan onam orasida tuxtalmas kelishmovchiliklar chikib kelmokda.Oldin xotinim onamga gap kaytarmas edi, lekin mana bir yildan oshdi xar doim onamning gaplariga azgina chidab keyin gap kaytarishi boshlaydi. Onamning nasixatlarini eshitishni xoxlamaydi. Buni ustiga xar kuni kamida 2-3 marta uzining kizlik uyisiga telefon kiladi. Kizimiz tugilganda, xotinim tajribasiz bulganligi uchun onam uni juda kup urgatishga xarakat kildilar. Aytib utish kerak, urshdilar xam. Bularni xammkasiga xotinim chida olmadi. Onam ajrashasan deb turvoldidar. man ularga yuk dedim. Oilam buzilmasligi uchun xotinim bilan boshka kvartiraga kuchdik. Mana yarim yildan beri u erda aloxida yashab kelmokdamiz. Kvartiraga chikishdan oldin shart kuyiuvdim xar shanba kuni ota=onamning uyiga keb ketamiz deb. Xammasi yaxshi bulib ketadi deb umid kilganman. Ammo, mana 3-4 oydan beri talashlarimiz xech tugamaydi.Bolamiz yakinda 7 oyga tuldi. Xotinimni uz paytlarida onam urgatganlar, men xam rosa takrorlganman, lekin xozirgacha xam bolaga yaxshi karashni urganmadi xam, kizigi xam yuk.Ozingni ustingdan ishla deb eng kimmat kitob va bollalar tugrisida entsiklopediyalarni sotib oldim. Udarni bir marta xam ukigani yuk. Xamma xaeli fakat bolani nima kiilib bulsa xam uxlatib tinch utirish.Bolaga kanak kilib karashi, ovkat berishni, nima bilan kizikishini va boshka shunga uxshash muxim mavzularga umuman kizigi yuk.Bundan tashkari, uy vazifalarini xam tashlab kuydi. ertalabki va kechki ovkatlarni pishirmiy kuydi. Uy dom chang. Biz bir xonali kvartirada turamiz, va esh bola bor joyda chang bulmasligi kerak, ammo shu bilan ishi yuk.Uzining ovkatlariga extiyot bulmaydi, na uz vaktida ovkatlanishni (sut bulishi uchun), na kerakli narsalarni yiishni. Kimmatbaxo vitaminlar obberdim, xech kaysinisini ichmadi.Bolani rivojlanishi bilan xam ishi yuk. Na massaj kildirishga, na u bilan shugullanishga na oddiy privivkalarini uz vaktida oldirishga akli etmaydi shekilli.Xar doim mani tinchlashtirish uchun etkanningizni kivvoman deb aldaydi. Lekin uzi xam man unga ishonmasligini bilishi xech gap emas.Xurmatli Shayx!Talo tugrisida kup eshitganman, uni shartlari, koidalari tugrisida xam kup eshitganman.Talok deyishdan oldin xotinga etarli nasixat kilish lozim ekan, erdam bermasa urshib kuyish kerak ekan, erdma bermasa aloxida etish kerak ekan, shu xam erdam bermasa urish kerak ekan. Oxiri shu chora xam erdam bermasa erning xotiniga talok deyishiga asos paydo buladi deyisharkan.Birinchi savolim bu gap tugrimi?Ikkinchi savolim shundan iboratki, man xotinimni rosa ayavomman. Undan koprok uzimning kizimni uylab xammasiga chidab kelmokdaman.Yukorida aytilgan talokning barcha koidalarni bajarib keldim. Xaligacha xam urgatib, urshib, aloxida etib turibman. Erdam bermayapti.Xotinimning adasi oilasini uz paytida (xotinim 6 eshligida) tashlab ketgan. Xotinimda 2 akasi va 1 opasi bor. Adasisiz usgan deb xam uni rosa ayavomman. Lekin undan kopro chidashga xar kuni kuchim kamrok kolayapti.Xurmatli Shayx, iltimos, maslaxat bering. Nima kilib xotinimni tugri yulga solishim mumkin? Eki ajrashishdan boshka yul yukmi? Xotinim 23 eshda.xurmat bilan, javobingizni kutguvchi,Nodir
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Sabr qiling. O‘zingiz nasiyhat qilishni davom etdirish bilan birga xotiningizga gapi o‘tadigan kishilardan ham yordam so‘rang. Allohdan unga insof so‘rab duo qiling.
29 Aprel 2022, 18:56 | Savol-javoblar | 174 | Oila va turmush
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Sabr qiling. O‘zingiz nasiyhat qilishni davom etdirish bilan birga xotiningizga gapi o‘tadigan kishilardan ham yordam so‘rang. Allohdan unga insof so‘rab duo qiling.
29 Aprel 2022, 18:56 | Savol-javoblar | 174 | Oila va turmush