Mehrsiz
Assalomu alaykum! Turmush o‘rtog‘im man bilan kamdan kam holatdagina yaxshi munosabatta bo‘ladila. Arziman sabablargayam urib-tepib baqirib ketadila. Uyidagilarning oldidayam kamsitadilar, hatto qizlik uyimgayam borishimni xohlamidilar. Manga nisbatan umuman mehrsiz, siqilurganimdan ko‘p kasal bo‘lib qovomman, turmush o‘rtog‘imni bu ishi gunoh hisoblanadimi? Uning o‘zi “gunohmas bu ishim, xotinsan yashasen shu, yoqmasa ketvur” didila.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: أَكْمَلُ الْمُؤْمِنِينَ إِيمَانًا أَحْسَنُهُمْ خُلُقًا وَخِيَارُكُمْ خِيَارُكُمْ لِنِسَائِهِمْ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Mo‘minlarning iymoni komilrog‘i xulqi yaxshirog‘idir. Sizlarning yaxshilaringiz xotinlariga yaxshilik qiladiganlaringizdir», dedilar». Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilishgan. Sharh: Bu hadisning roviyci Abu Hurayra roziyallohu anhu bilan avval tanishganmiz. Bu hadisi sharifda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam chiroyli xulqning komil iymonga sabab bo‘lishini bayon qilish bilan birga, biz musulmonlarni yaxshi xulqli bo‘lishga targ‘ib qilmoqdalar. Islom husni xulqqa katta e’tibor beradi. Bu haqda Qur’oni Karim oyatlari va hadisi shariflar juda ko‘p. Buni o‘z navbatida keladigan boblarda ko‘rib chiqamiz. Ammo, bu hadisi sharifning komil iymon bobida keltirilishiga sabab – husni xulqning iymon komil bo‘lishida ham muhim omil ekanligini ta’kidlashdir. Yaxshi xulq ochiq chehralik, kishilarga ozor bermaslik, ularga yaxshilik qilishdir. Yaxshi xulqli inson ikki dunyo saodatiga egadir. Shuning uchun ham, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam iymonning kamolini xulqning yaxshiligiga bog‘liq qilib qo‘ymoqdalar. «Mo‘minlarning iymoni komilrog‘i xulqi yaxshirog‘idir», ya’ni, mo‘minning xulqi qanchalik yaxshi bo‘lib boraversa, iymoni shuncha mukammal bo‘lib boraveradi. Yaxshi xulqqa bundan ham ortiq targ‘ib qilish mumkinmi? Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislarini o‘rganish davomidagi xulosalardan biri shuki, biror ahamiyatli mavzu ommatan bayon qilinganidan so‘ng ortidan o‘sha mavzuga tegishli eng muhim narsa alohida ta’kidlab qo‘yiladi. Ushbu hadisi sharifda: «Sizlarning yaxshilaringiz xotinlaringizga yaxshilik qiladiganlaringizdir», deb ta’kidlanmoqda. Nima uchun? Hayotiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, ko‘pchilik boshqalar bilan yaxshi muomalada bo‘ladilar-u, xotinlari bilan munosabatda badxulq bo‘ladilar. Bundaylarni xalqimiz «ko‘cha xandon, uy zindon» deydi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ana o‘sha holatni e’tiborga olib, yaxshi xulq iymon kamoloti sababi ekanligini aytganlaridan so‘ng, bunda faqat begonalar bilan munosabatgina emas, balki eng avvalo o‘z xotiniga nisbatan yaxshi xulqli bo‘lish zarurligini ta’kidlab qo‘ydilar. Husni xulqni iymon mukammalligi uchun shart qilib qo‘yish Islom uchun, musulmonlar uchun har qancha faxr qilsa arziydigan ishdir. Xotinlariga yaxshi muomalada bo‘lganlar musulmonlarning eng yaxshilari, deb alohida ta’kidlangani esa Islomda ayollarning haqlari qanchalik ustun qo‘yilishini ko‘rsatadi. Ushbu hadisdan oladigan foydamiz ikki ulkan foydadan iboratdir: 1. Husni xulqli bo‘lish. 2. Xotinga yaxshilik qilishni yo‘lga qo‘yish. Hadisi sharifning hikmatiga insoniyat qanchalar muhtoj ekanligini har onda, har qadamda ko‘rib-bilib turibmiz. Chunki ushbu hadisda zikr etilgan narsalar orqali har bir insonning ijtimoiy va oilaviy hayoti qoim bo‘ladi. Bunga insonning har lahzada ishi tushadi. Shu bois go‘zal axloqli bo‘lishga harakat qilaylik, mo‘minlar ichida eng mukammal iymonlisi bo‘lamiz. Xotinlarimizga yaxshilik qilishga urinaylik, musulmonlarning eng yaxshilaridan bo‘lamiz. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Alloh taolo «Niso» surasida shunday deb marhamat qiladi: وَاللاَّتِي تَخَافُونَ نُشُوزَهُنَّ فَعِظُوهُنَّ وَاهْجُرُوهُنَّ فِي الْمَضَاجِعِ وَاضْرِبُوهُنَّ فَإِنْ أَطَعْنَكُمْ فَلاَ تَبْغُواْ عَلَيْهِنَّ سَبِيلاً إِنَّ اللّهَ كَانَ عَلِيًّا كَبِيرًا «Bepisandliklaridan xavf qilingan(ayol)larga va’z-nasihat qiling, yotoqlarida hijron qiling va uring. Agar sizga itoat qilsalar, ularga qarshi boshqa yo‘l axtarmang. Albatta, Alloh Aliy va Kabiyrdir» (34‑oyat). Besh qo‘l barobar emas, ba’zi ayollar solihalik maqomiga loyiq bo‘la olmaydilar. Haddilarida turmay, erlariga qarshi bosh ko‘tarib, beodoblik, itoatsizlik ko‘rsatadilar. Shunday hollarda nima qilish kerak? Ularga holatlariga qarab, muomala qilinadi. Birinchi bosqichda, itoatsizlik alomatlari ko‘rinib, erni behurmat qila boshlaganida unga va’z-nasihat qilinadi. Va’z-nasihat samara berib, munosabatlar izga tushib ketsa, ayni muddao. Agar foyda bermasa, xotinning itoatsizligi, isyoni davom etaversa, boshqa chora ko‘riladi. Ikkinchi bosqich hijron, birga yotmaslik, gaplashmaslikdir. Albatta, hijron va’z-nasihatdan ko‘ra ancha ta’sirlidir. Chunki bu masalada ayollar juda hassos bo‘ladilar. Erlarining ularga e’tiborsizligi, gaplashmay qo‘yishi ko‘zlarini kattaroq ochishga majbur etadi. Hali insoflarini yo‘qotmagan bo‘lsalar, o‘zlariga kelishlariga, xatolarini tuzatishlariga sabab bo‘ladi. Ammo, bu chora ham ta’sir qilmasa, ayol butkul insofini yutib, itoatsizlikda, isyonda davom etaversa, bu uning yaxshilik bilan yo‘lga kirmasligining alomatidir. Endi unga nisbatan yanada ta’sirchanroq chora – o‘zini bilmaganlarga qilinadigan muomala qo‘llaniladi. «Bepisandliklaridan xavf qilingan(ayol)larga va’z-nasihat qiling, yotoqlarida hijron qiling va uring». Ammo, urish deganda, qattiq kaltaklash, a’zolarini sindirish yoki boshqa jarohatlar etkazish tushunilmaydi. O‘tgan ahli solih ulamolarning birlaridan ushbu oyati karimada izn berilgan urishning ma’nosi so‘ralganida: «Misvok yoki biror barmog‘i bilan turtish», – deganlar. Hadis kitoblarida rivoyat qilinishicha, Muoviya ibn Hayra al-Qushayriy roziyallohu anhu: «Yo Rasulalloh, xotinlarimizning bizdagi haqlari nima?» deb so‘raganida, Nabiy alayhissalom: «Agar taom esang, unga ham edirasan, kiyim kiysang, unga ham kiydirasan, yuziga urma, yomon so‘kma, tashqarida hijron qilma», – deganlar. Boshqa bir hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohning cho‘rilarini urmanglar!» – deganlar. Bunga o‘xshash hadislar ko‘p. Ko‘rinib turibdiki, oyati karimadagi urishga berilgan izn faqat siyosat uchun, o‘zini bilmagan ayollarga ta’sir o‘tkazish uchundir. Ayol kishi tabiatan achchig‘i tez chiqadigan, ta’sirchan, shoshqaloq bo‘ladi. Sal narsa bahonasida eriga nisbatan itoatsizlik va beodoblik qilib qo‘yishi mumkin. Ammo, keyin o‘ziga kelib, itoatga qaytsa, ularga qarshi chora ko‘rishga zarurat qolmaydi, yuqorida sanalgan chora-tadbirlarni ham qo‘llash shart bo‘lmaydi. «Agar sizga itoat qilsalar, ularga qarshi boshqa yo‘l axtarmang». Bu narsa oilani mustahkamlashga omil bo‘ladigan ishdir. Chunki bir-biriga nisbatan kechirimli bo‘lish doimo yaxshilik omilidir. Agar kim bu ko‘rsatmalarga yurmasa, o‘zidan ko‘rsin. Chunki: «Albatta, Alloh Aliy va Kabiyrdir». Ushbu oyati karima oxirgi paytlarda ko‘pgina tortishuvlarga sabab bo‘ldi. Bu tortishuvlar musulmonlar bilan musulmonlar o‘rtasida ham, musulmonlar bilan boshqalar o‘rtasida ham bo‘ldi. Ba’zi chalasovod kishilar g‘arbda yashab turib, ayollarni urib turish kerak, deb, ushbu oyatni dalil qilib keltirdilar. Hattoki, urishni qanday amalga oshirish yo‘llarini bayon qilganlari ham bo‘ldi. Bu gapdan xabardor bo‘lgan g‘arbdagi inson huquqini himoya qilish faollari Islomga va Qur’oni Karimga qarshi norozilik bildira boshladilar hamda o‘z jamiyatlariga ayollarga «dushman» bo‘lgan «zulm»ga qarshi chora-tadbirlar ko‘rish chaqiriqlari bilan chiqdilar. Ularda Islomda ayol kishini ayol bo‘lganligi uchun vaqti-vaqti bilan kaltaklab turish kerak, deganga o‘xshash tushuncha paydo bo‘lgan edi. Ammo oyati karimadagi haqiqiy ma’no va unga voqe’likda qanday amal qilinishi surishtirilmas edi. Avvalo, bu oyatdagi «urish» farz ham emas, vojib ham, sunnat ham, mundub ham, mustahab ham emas. Bu «urish» do‘q-po‘pisa ma’nosida, xolos. Amalda esa, deyarli yo‘q. Ikkinchidan, bu erda er‑xotin orasidagi mazkur noqulay holatni bartaraf qilish uchun urishdan boshqa chora ko‘rish mumkin emas, degan gap yo‘q. Aytaylik, er o‘ziga qarshi bosh ko‘targan, beodoblik qilgan ayoliga nasihat qildi, joyini boshqa qilib olib, hijron ham qildi. Bas, shundan keyin xotinini urishni istamasa, gunohkor bo‘ladimi? Albatta, gunohkor bo‘lmaydi. Agar u ayolni kaltaklashdan boshqa yarashish chorasini ko‘rsa, gunohkor bo‘ladimi? Misol uchun, ayolining boshini silab, yaxshi gaplar aytib, yarashib olsa, Qur’oni Karimga qarshi chiqqan bo‘ladimi? Avval ta’kidlanganidek, ulamolarimiz bu oyatdagi urishni «Misvok bilan yoki ko‘rsatkich barmoq bilan turtish», deb ta’vil qilganlar. Ko‘pchilik esa: «Berilgan ushbu izndan foydalangandan ko‘ra foydalanmagan yaxshiroq», deganlar. Buning ustiga, ko‘plab hadislarda erlarga ayollarini urmaslik ta’kid bilan tayinlangan. عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ زَمْعَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ لَا يَجْلِدُ أَحَدُكُمْ امْرَأَتَهُ جَلْدَ الْعَبْدِ ثُمَّ يُجَامِعُهَا فِي آخِرِ الْيَوْمِ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَالتِّرْمِذِيُّ Abdulloh ibn Zam’a roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Birortangiz o‘z ayolini qulni kaltaklagandek kaltaklamasin. Keyin (o‘sha) kunning oxirida yaqinlik qil(gisi kelib qol)ishi ham bor», dedilar». Buxoriy va Termiziy rivoyat qilganlar. Ushbu hadisi sharif yuqorida o‘rgangan oyatimizdagi «urish»dan murod, qattiq urish emasligiga ulkan dalildir. Agar oyatda qattiq urish qasd qilinganida, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bunday demas edilar. Bu hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam er o‘z xotinini kaltaklamasligi kerakligini uqtirmoqdalar. Xotinga o‘ziga yarasha muomala qilish lozim. Uni urib-kaltaklashdan oldin, keyingi bo‘ladigan aloqa va muomalalarni ham bir o‘ylab qo‘yish kerak. Xotin qul emaski, uni xohlagan vaqtda kaltaklab, xohlagan vaqtda ishlataverilsa. Hatto qulni ham kaltaklash yaxshi emas. Xotinni kaltaklashdan oldin uni qo‘ynida olib yotishini ham, ko‘zi-ko‘ziga tushishini ham bir o‘ylab qo‘yish lozim bo‘ladi. Ulamolarimiz «Xotinni qattiq kaltaklash haromdir» degan hukmni mana shu hadisdan olganlar. ("Baxtiyor oila" kitobidan). Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 20:59 | Savol-javoblar | 154 | Oila va turmush