Issiq sovuq

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bu safar biroz bemani savol beraman, bu uchun uzur. Men azal azalda folbinlarga ishonmas edim. Allohga shkur iymonim but nomozni kanda qimayman. Xullas ancha vaqt ishlarim yurishmadi, nimaga qo‘l ursam orqaga keti. Opam qo‘yarda qo‘ymay folbinga obordi. Folbin uyinga sen uchun o‘qitib qulf va kalit tashab ketgan dedi. Keyin bir boshqa ayolni topdik u kelib tuproqni hidlap opamga o‘sha erdan kovlab ol dedi. Opam kovlagach rostdan qulf va kalit chiqdi. Qulfning ustida lataga o‘ralgan, tipratikan tikani, qon, tuxum va hokazolar bor edi. U odamni o‘ldirarmish. Keyin o‘sha ayol tomog‘imdan qora nimalardir chiqardi. Aytishicha payg‘ambarimiz ham qachonlardir shunday ahvolga tushganlar emish. Attingchi shu gaplar to‘g‘rimi? Issiq sovuq bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bularni hammasi makkorlik edi. Qiyomatga yaqin bu kabi makkoriklar ko‘payib va oxiri Dajjol chiqadi. Alloh taolo unga odamlarni adashtirish uchun g‘ayritabiy qobilyatlarni ham bergan. U insonlarni o‘ziga ibodat qilishga chaqiradi. Iymoni zaif odamlar ikkilanib qolgan vaqtda xohlasalaring senlarni ota-onalaringni tiriltirib beraman – deydi. Ular “agar shunday qilsang seng iymon keltiramiz” deyishadi. Dajjol buyruq beradi shayton va jinlar ularning ota-onalari suratiga kirib oldilarida namoyon bo‘lishadi. Shunda ular Dajjolga iymon keltirib unga ibodat qilishadi. عن أبي أمامة الباهلي رضي الله عنه قال النبي صلى الله عليه وسلم عن الدجال : وَإِنَّ مِنْ فِتْنَتِهِ أَنْ يَقُولَ لأَعْرَابِيٍّ أَرَأَيْتَ إِنْ بَعَثْتُ لَكَ أَبَاكَ وَأُمَّكَ أَتَشْهَدُ أَنِّي رَبُّكَ ؟ فَيَقُولُ : نَعَمْ . فَيَتَمَثَّلُ لَهُ شَيْطَانَانِ فِي صُورَةِ أَبِيهِ وَأُمِّهِ فَيَقُولانِ يَا بُنَيَّ اتَّبِعْهُ فَإِنَّهُ رَبُّكَ  رواه ابن ماجه Abu Umoma Bohiliy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi :   Nabiy sollallohu alayhi vasallam Dajjol haqida so‘zlab: “Uni fitnasidan biri a’robiyga qarab “Agar ota-onangni tiriltirib bersam meni robbing ekanligimga guvohlik berasanmi” deydi. U “Ha” deydi. Shunda ikki shayton ota-onasi suratiga kirib: “Ey o‘g‘ilcham uni ortidan ergash, u sening robbingdir” deyishadi”. Ibn Moja rivoyati. Haqiqiy iymoni butun kishilar esa bunday bo‘lishini xabarini Rasululloh sollallohu alayhi vasallam berganlari uchun iymonlari yanada ziyoda bo‘ladi. أَنَّ أَبَا سَعِيدٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: حَدَّثَنَا رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَوْمًا حَدِيثًا طَوِيلًا عَنِ الدَّجَّالِ، فَكَانَ فِيمَا يُحَدِّثُنَا بِهِ أَنَّهُ قَالَ: يَأْتِي الدَّجَّالُ وَهُوَ مُحَرَّمٌ عَلَيْهِ أَنْ يَدْخُلَ نِقَابَ الْمَدِينَةِ، فَيَنْزِلُ بَعْضَ السِّبَاخِ الَّتِي تَلِي الْمَدِينَةَ، فَيَخْرُجُ إِلَيْهِ يَوْمَئِذٍ رَجُلٌ وَهْوَ خَيْرُ النَّاسِ أَوْ مِنْ خِيَارِ النَّاسِ، فَيَقُولُ: أَشْهَدُ أَنَّكَ الدَّجَّالُ الَّذِي حَدَّثَنَا رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ حَدِيثَهُ، فَيَقُولُ الدَّجَّالُ: أَرَأَيْتُمْ إِنْ قَتَلْتُ هَذَا ثُمَّ أَحْيَيْتُهُ، هَلْ تَشُكُّونَ فِي الْأَمْرِ؟ فَيَقُولُونَ: لَا. فَيَقْتُلُهُ ثُمَّ يُحْيِيهِ، فَيَقُولُ: وَاللهِ مَا كُنْتُ فِيكَ أَشَدَّ بَصِيرَةً مِنِّي الْيَوْمَ. فَيُرِيدُ الدَّجَّالُ أَنْ يَقْتُلَهُ فَلَا يُسَلَّطُ عَلَيْهِ Abu Sa’id roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Dajjol haqida bizga uzoq so‘zladilar. Bizga aytganlarining ichida shunday deganlari ham bor edi: «Dajjol Madinaning tashqarisidagi sho‘rxoklardan biriga keladi – holbuki, uning Madinaga kirish yo‘llariga kelishi ham harom qilingan. – O‘sha kuni uning oldiga odamlarning eng yaxshisi [yoki odamlarning eng yaxshilaridan biri] bo‘lmish bir kishi chiqib: «Guvohlik beramanki, sen Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga so‘zlab bergan dajjolsan», deydi. Shunda dajjol (bir odamni ko‘rsatib,) «Agar buni o‘ldirib, keyin tiriltirsam, nima deysizlar? Bu ishga shak qilasizlarmi?» deydi. Ular: «Yo‘q», deyishadi. U uni o‘ldirib, so‘ngra tiriltiradi. U uni tiriltirgan zahoti (boyagi yaxshi odam): «Allohga qasamki, sen haqingda bugungichalik aniq ishonchga ega bo‘lmaganman», deydi. Dajjol uni o‘ldirmoqchi bo‘ladi, lekin unga g‘olib kela olmaydi». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Siz aytgandek qulf-kalitlar ham, tomog‘izdan chiqqan narsalar ham folbinlarning hamkori bo‘lgan jinlarning ishidir. Agar siz ularni qo‘yib Alloh taologa tavakkal qilganingizda, sajdaga bosh qo‘yib Alloh taolodan rizqingizni so‘raganingizda uni ham Alloh taolo fazlidan berar edi. Sizni bir imtihon qilib ko‘rsa Allohni qo‘yib, Alloh harom qilgan narsadan kutibsiz. Tezda tavba qiling.  Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 21:00 | Savol-javoblar | 180 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar