Yolg‘iz namoz o‘qigan insonning guvohligi

Assalomu alaykum! Saytning savollariga ko‘z yugurtirayotganimda bir savolning javobi meni ikkilantirib qo‘ydi. "Jamoatga bormay, namozni doimo uyida yolg‘iz o‘qiydigan odamning guvohligi shar’an qabul qilinmaydi". Buni sharhi qanday bo‘ladi? Yolg‘iz o‘quvchi kishining guvohligi qaerga o‘tmaydi? Nikoh o‘qilayotganida guvohlikka o‘tmaydimi yoki biror ish sodir bo‘lganida men guvohman deganida uning guvohligi qabul qilinmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Jamoat namozini nazarga ilmasdan uzrsiz doimiy tark qiluvchi kishi fosiq bo‘ladi. Guvohligi masalasi fiqhiy tarafdan o‘tadi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 01:32 | Savol-javoblar | 160 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar