Ruhlarga sig‘inish haqida
Assalomu alaykum! Malumki bizni dinimizda Allohdan boshqasiga sig‘inilmaydi. Din borasida nimadir ko‘rsam yoki eshitsam anig‘ini bilishga va shunga amal qilishga harakat qilaman. Agar bilimsizligim tufayli noto‘g‘ri narsa aytayotgan bo‘lsam ming bor uzr. Qishloqda turaman. Bog‘imizda o‘rtacha 3 metrlikdagi balandlik bor. Uydagila Shahidcha deyishadi. Yani aytishlaricha shahid bo‘lganlar ko‘milgan emish. Buvim yomon tush ko‘rsala yoki biror erlari og‘risa o‘sha erda cho‘pga paxta bog‘lab momolarga deb chiroq(olov) yoqadila. Betob bo‘lib qolsak qabristonga borib hozir nomi esmida yo‘q, qanaqadir ulug‘ shaxsni qabriga borib shunaqangi ishlarni qilishadi. Bu ishlar to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qabrlarga chiroq yoqishdan qaytaribgina qolmasdan, bunday ishni qiluvchilarni la’natlaganlar.عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ لَعَنَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ زَائِرَاتِ الْقُبُورِ وَالْمُتَّخِذِينَ عَلَيْهَا الْمَسَاجِدَ وَالسُّرُجَ Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qabrlarni ziyorat qiluvchi ayollarni, qabrlarni sajdagoh qilib oluvchilarni hamda qabrlar ustiga chiroq yoquvchilarni la’natladilar» (Abu Dovud rivoyati).
Bilimsiz kishilar qabrlarga sajda qiladilar, tavof qiladilar, ostonasini o‘padilar, bu ishlarning barchasi shar’an nojoiz, Ahli sunna va jamoa imomlari nazdida harom hisoblanadi. Shariatimiz qabrlarni extirom qilishda bu kabi yo‘l tutishdan qaytargan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam keyinchalik ummatlari shu ishlarga qo‘l urishi mumkinligini bilib, bundan qaytarganlar.عَنْ عَائِشَةَ رَضِي اللهُ عَنْها، رَضِيَ اللَّهُ عَنْهَا ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ : فِي مَرَضِهِ الَّذِي مَاتَ فِيهِ لَعَنَ اللَّهُ الْيَهُودَ وَالنَّصَارَى اتَّخَذُوا قُبُورَ أَنْبِيَائِهِمْ مَسْجِدًا ... Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam vafot etgan betobliklarida:
«Alloh taolo payg‘ambarlarining qabrlarini sajdagoh qilib olgan yahudiy va nasorolarni la’natladi», dedilar...» Buxoriy rivoyati. وَاعْلَمْ أَنَّ النَّذْرَ الَّذِي يَقَعُ لِلْأَمْوَاتِ مِنْ أَكْثَرِ الْعَوَّامِ وَمَا يُؤْخَذُ مِنْ الدَّرَاهِمِ وَالشَّمْعِ وَالزَّيْتِ وَنَحْوِهَا إلَى ضَرَائِحِ الْأَوْلِيَاءِ الْكِرَامِ تَقَرُّبًا إلَيْهِمْ فَهُوَ بِالْإِجْمَاعِ بَاطِلٌ وَحَرَامٌ ... وَقَدْ اُبْتُلِيَ النَّاسُ بِذَلِكَ ، وَلَا سِيَّمَا فِي هَذِهِ الْأَعْصَارِ «Bilingki, avom xalq tarafidan o‘liklarga atab nazrlar qilish, Allohning do‘stlarining qabrlariga ularga yaqin bo‘lish maqsadida tangalar tashlash, sham, chiroqlar yoqish botil va harom ishlardir. Bu narsalarga xususan, asrimiz odamlari ko‘proq mubtalo bo‘lganlar» («Roddul Muxtor»).
Ko‘pchilik insonlar Allohning do‘stlarining qabrlariga borib, ulardan farzand so‘raydilar, atab jonliq so‘yadilar, is chiqaradilar. Bu ishlar ham, so‘yilgan jonliqlar ham – barchasi haromdir.وَلَا يَمْسَحُ الْقَبْرَ وَلَا يُقَبِّلُهُ فَإِنَّ ذَلِكَ مِنْ عَادَةِ النَّصَارَى «Qabrni silab-siypalab, o‘pib bo‘lmaydi. Chunki bu nasorolarning odatidir» («Fatavoi Hindiya»).
3). Namozxonlikni o‘zi dindorlikning alomati emas. aqiydada ham adashmaslik shart. Aks holda o‘qigan namoz va boshqalarni hech qnday foydasi bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 06:20 | Savol-javoblar | 182 | Aqiyda