Onam bilam muomalatimiz

Onam bilan ko‘p bir birimizni tushunmaymiz. Ko‘p janjallar bo‘lgan. Hozir 3 oydan buyon uyga bormayapman va qo‘ng‘iroq ham qilmayapman. 1 yildan oshdiki ayolim otasini uyida yashayapti. Shu 1 yil davomida ota-onam bilan yarashib ayolimni yarashtirib ular bilan birga bo‘lishni harakatini qilganman. Lekin benatija. Oradagi arazlardan keyin borsan onam bir marta dadamga qiarab meni -Bu kim man buni tanimayman- degandilar. Ko‘rish uchun 4ta non olib borsam olib ket kerakmas noning-deganlar. Farzandim aqiqasini uydan boshqa joyda qildim, ularga olib borgan nasibani ham -bizga suyak ko‘tarib keldi-deganlar. Bu janjallarni deb bir marta mazam ham bo‘lmay qoldi. Navbattagi janjaldan keyingi ertalab o‘yg‘onsan boshim og‘riyapti, nafas olishim qiyinlashmoqda. Shuning uchun ota-onamning oldilariga borgim ham kelmay qolgan. Borsam yana janjal qiladilar deb o‘ylayapman. Bu janjallardan o‘zlarini ham meni ham kasal qilmoqdalar. Shu sababdan qo‘ng‘iroq ham yo‘q, borish ham yo‘q. Ularni bilmadim. lekin man oldingidan ko‘ri asablarim joyida. Bu qilganlarim to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini bilmayapman. Iltimos maslahat bersangiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Noto‘g‘ri.

27 May 2022, 02:34 | Savol-javoblar | 134 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar