Dasturlash

Assalomu aleykum ! 1). Men veb dasturchiman(vebprogrammist) ya’ni internetdagi saytlarni tuzaman. Men anchadan beri buyurtmaga sayt tuzib beraman bu ishim uchun yaxshi xaq to‘lashadi. Shu ishim joizmi?
2). Telegramdagi kanallarni oldi sotisi bilan xam shug‘ulanaman, masalan 3000-4000 odam bor kanalni olib uni olgan narximdan qimmatroqqa sotaman. Bu ishlarni oson deb xam bo‘lmaydi, chunki sutkasiga 12-13 soatlab kompyuterda ishlashga to‘g‘ri keladi. Savolim shundaki bu qo‘lga ushlab bo‘lmaydigan virtual narsa. Bu yo‘l bilan topilgan pulni xukmi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar siz qilgan sayt va sahifalar shariatga zid ishlar bilan mashg‘ul bo‘lmaydigan bo‘lsa joiz, olgan pulingiz ham halol. Buni shariatimizda “huquqi mujarrada” deyiladi.  Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 22:41 | Savol-javoblar | 145 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar