Yo‘l xarakatini buzganni videoga olish savol-javobi haqida

Assalomu alaykum! Izlash xizmatidan "GAI 5%" deb qidirsak bir savol chiqdi. Bu savol tarmoqda tarqalgani ortidan e’tiborimni tortdi. Savolda "Agar qoidani buzgan xaydovchilarning qilmishini videoga olsak va kerakli joyga topshirsak, solinishi mumkin bo‘lgan jarimaning 5% (?) ini xabar bergan insonga berar ekan" shu masalaning xukmi so‘ralganda, "Alloh berkitganini siz xam berkiting" qabilida javob beribsizlar. Lekin, shu qoida buzarlar keltirishi mumkin bo‘lgan zarar nafaqat o‘ziga, balki boshqalarga xam zararli bo‘lishi mumkinku, qizilda o‘tish, piyodaga yo‘l bermaslik, noto‘g‘ri parkovka singari qoida buzarliklar bevosita boshqalar hayotiga xam xavfli hisoblanadi-ku. Va buni oldini olish uchun qilingan sa’y xarakat jamiyat uchun foydali bo‘lishi mumkin. Iltimos shu xolatga izox bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hozirgi kunda bu jinoyatni tegishli organlar a’lo darajada jazolashmoqda. Qolganlarga hojat ham qoldirishmayapti. Musulmon kishi, birov ayb qilsa avval o‘ziga tanbeh beradi va nasihat qiladi. O‘nglanmasa keyin to‘g‘rilash qo‘lidan keladiganlarga murojaat qiladi. 5%ni olaman deb qizilda xato qilib o‘tib ketganni yozib bersa, ikki oy ishlagan oyligini bolasiga edirmasdan jarimaga to‘laydi. Inson xato qilmaydi deb hech kim kafolat berolmaydi. Otasini mashinasini o‘g‘irlab mingan farzandni jinoyatchi desangiz, o‘sha jazolovchilarni o‘zlari ham shunday qilib mashina minishni o‘rgangan. Mashinasi ichida doktorga shoshilayotgan ayolini olib ketayotgan xaydovchi, siz o‘ylagan jazoga loyiq inson hisoblanmaydi va hokazo. Hayot doim bir tekisda ketmaydi. Nohaqdan kimnidir duoibadini olsangiz 5% tugul 500% ham kamlik qilib qoladi. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 22:41 | Savol-javoblar | 169 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar