Kofirning og‘zi
Assalamu alaykum Ustoz. Qilayotgan ishlaringizdan Alloh rozi bo‘lsin. Ustoz, bir hadis eshitgan edim. "Mo‘minning og‘zi mo‘minga tozadir" degan mazmunda. Ustoz, shunday hadis bormi?Savolim quyudagicha: Kofir ichgan idishdan (yuvilmagan) foydalanish hukmi qanday? Masalan, bazilar salqin ichimliklarni bir idish (bakalashka) dan baham ko‘radilar yoki ish joylarida oddiy suvlarni ham bir idishda baham ko‘riladi, ilojsizlikdan.Javobingiz uchun oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Unday hadis yo‘q. Abu Sa’id roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam ichimlik saqlanadigan idishlarning og‘zidan ichishdan qaytardilar».To‘rtovlari rivoyat qilganlar.Ichimlik ichmoqchi bo‘lgan odam ichimlik saqlanadigan idishdan qadahga(piyolaga) quyib olib, ichmog‘i lozim. Har kim umumiy idishga og‘zini qo‘yib ichaversa, tabiatga ham, odobga ham, tibbiy ko‘rsatmalarga ham to‘g‘ri kelmaydi.Abu Sa’laba roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «U kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan: «Biz ahli kitoblar bilan qo‘shni bo‘lib yashaymiz. Ular qozonlarida cho‘chqa pishirurlar. Idishlarida xamr ichurlar?» deb so‘radi. Bas, U zot: «Agar o‘sha narsalardan boshqani topsangiz, ulardan englar va ichinglar. Agar boshqani topmasangiz, ularni yuvib tashlab, eb-ichavering», dedilar».To‘rtovlari rivoyat qilganlar.Ushbu hadisi sharifdan olinadigan foydalar: 1. Ovqatlanish uchun ishlatiladigan idishlar haqida ham biladigan kishilardan so‘rab olish kerakligi.2. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning davrlarida musulmonlar ahli kitoblar bilan qo‘shni bo‘lib yashaganlari.3. Kitob ahllarining cho‘chqa, xamr kabi harom narsalarga ishlatgan idishlaridan boshqa idish bo‘lsa, o‘shani ishlatish kerakligi.4. Kitob ahllarining cho‘chqa, xamr kabi harom narsalarga ishlatgan idishlaridan boshqa idish bo‘lmasa, u idishlarni yuvib tashlab, ishlatish joizligi. Chunki, suv najasni poklaydi.Sizning savolingizning javobi hanafiy mazhabi bo‘yicha makruh.
4 May 2022, 05:43 | Savol-javoblar | 197 | Aqiyda