Namoz vaqti va sura o‘qish

Assalomu alaykum! Alloh qilayotgan ishingizni savobini ziyoda qilsin! Savollarim quyidagicha: Asr namozini hanafiy mazhabi vaqti bo‘yicha o‘qisam ulgurmay qazo bo‘lib qoladi deb qo‘rqib, boshka mazhablar vaqti bilan o‘qidim. Lekin uyga ertaroq qaytdim. Bu holatda asr namozini qaytib o‘qib qo‘yishim kerakmidi?
2. Bir surani takror o‘qiganda har suraning boshida "Bismillah"ni aytish joizmi, yoki bir marotaba aytib, keyin o‘sha surani takror o‘qiyveriladimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Namozlarni doim bir xil mazhabga binoan o‘qing. Gohida u mazhab gohida bu mazhab qilmang. Qayta o‘qimaysiz. 2). Namozdan tashqarida har bir surani boshida “Bismillah” aytish sunnat amaldir. Namozning ichidagi “Fotiha”dan oldin aytiladi, zam suralarda aytilmaydi. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 23:44 | Savol-javoblar | 162 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar