Mayitni oyoq qo‘llari orasiga tuproq qo‘yish
Assalomu alaykum! Mayitni qo‘yishdan avval ikki qo‘li va oyoqlari orasiga kessak bo‘laklarini qo‘yib qo‘yishar ekan. Buning sababi nima?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatimizda bunday qilib qo‘ysin degan gap yo‘q. Avvalo mayyitni to‘g‘ri qo‘yishni o‘rganish kerak. MAYYITNI QABRGA QO‘YISh Qabrga mayyitni olib kirishda imkon bo‘lsa tobutni qabrning qibla tarafiga qo‘yilib, mayyitni tobutdan ko‘tarilib, qabrga kirgiziladi. Shunda mayyitni ushlab turuvchi qiblaga yuzlangan holatda bo‘ladi. Imkon bo‘lmasa ya’ni, qabrni cho‘kib ketish xavfi bo‘lsa qabrning oyoq tomonidan olsa bo‘ladi.
Mayyitni qabrga valiylari qo‘ysa yaxshi bo‘ladi. Agar mayyit ayol kishi bo‘lsa, mahramlari qo‘yishi afzal.
Masala: Mayyitni qabrga qo‘yishda qo‘yuvchilarning juft yoki toq bo‘lishi sunnat emas. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni qabrlariga to‘rt kishi qo‘yganlar. رُوِيَ عَنْ عَلِيٍّ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّهُ قَالَ: شَهِدَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ جِنَازَةَ رَجُلٍ فَقَالَ: يَا عَلِيُّ اسْتَقْبِلْ بِهِ اسْتِقْبَالاً وَقُولُوا جَمِيعًا بِاسْمِ اللهِ، وَعَلَى مِلَّةِ رَسُولِ اللهِ، وَضَعُوهُ لِجَنْبِهِ وَلاَ تَكُبُّوهُ لِوَجْهِهِ وَلاَ تُلْقُوهُ لِظَهْرِهِ. (بدائع الصنائع في ترتيب الشرائع) Aliy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kishining janozasiga hozir bo‘lib: “Ey Ali, uni qiblaga to‘liq yuzlantirgin va barchangiz “Bismillahi va ala millati Rasulillah”, denglar. Uni yonboshlatib qo‘yinglar, yuztuban qilib ham, chalqanchasiga ham qo‘ymanglar”, dedilar”.
Mayyitni qabrga yuzini qiblaga qaratib, o‘ng tomoni bilan yonboshlatib, boshini qabr devoriga tirab qo‘yiladi. Quyidagi lafzlarni mayyitni qabrga qo‘yayotganlar ham, janozada ishtirok etayotganlar ham aytadilar. “Bismillahi va ala sunnati Rasulillahi sollallohu alayhi vasallam”. عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كَانَ النَّبِيّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِذَا وَضَعَ الْمَيِّتَ فِي الْقَبْرِ قَالَ بِسْمِ اللهِ وَعَلَى سُنَّةِ رَسُولِ اللهِ. رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ. وَلَفْظُ التِّرْمِذِيِّ: بِسْمِ اللهِ وَبِاللهِ وَعَلَى مِلَّةِ رَسُولِ اللهِ Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam mayyitni qabrga qo‘ysalar: “Bismillahi va ala sunnati Rasulillahi sollallohu alayhi vasallam”, der edilar”.
Sunan egalari rivoyat qilishgan.
Termiziyning lafzida:
“Bismillahi va billahi va ala millati Rasulillahi sollallohu alayhi vasallam”, deyilgan.
Kafanga bog‘langan boylamlar echiladi. Beli va yonboshi qimirlamasligi uchun xom g‘isht tirab qo‘yish lozim. So‘ng lahadning og‘zi ham xom g‘isht yoki maxsus guvala bilan to‘siladi va ustidan tuproq tortiladi. قَالَ سَعْدَ بْنَ أَبِي وَقَّاصٍ فِي مَرَضِهِ الَّذِي هَلَكَ فِيهِ الْحِدُوا لِي لَحْدًا وَانْصِبُوا عَلَيَّ اللَّبِنَ نَصْبًا كَمَا صُنِعَ بِرَسُولِ اللهِ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَحْمَدُ وَالنَّسَائِيُّ Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu o‘limidan oldingi bemorligida:
“Menga lahad qazinglar. Ustimga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qilinganga o‘xshab g‘isht qalanglar”, degan.
Muslim, Ahmad va Nasaiy rivoyat qilishgan.
Mayyit qabrining bosh tomonidan uch siqim tuproq tashlashi mustahabdir. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ: أَنَّ رَسُول اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ صَلَّى عَلَى جِنَازَةٍ ، ثُمَّ أَتَى الْقَبْرَ فَحَثَى عَلَيْهِ مِنْ قِبَل رَأْسِهِ ثَلاَثًا. أَخْرَجَهُ أَحْمَدُ Abu Hurayra roziallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir mayyitga namoz o‘qidilar. So‘ngra qabriga kelib, boshi tomonidan uch siqim tuproq tashladilar”.
Ahmad rivoyati.
Avvalgisida "مِنْهَا خَلَقْنَاكُمْ" ya’ni, “Biz sizlarni undan yaratdik”, ikkinchisida "وَفِيهَا نُعِيدُكُمْ" ya’ni “Unga qaytarurmiz”, uchinchisida esa " وَمِنْهَا نُخْرِجُكُمْ تَارَةً أُخْرَى " ya’ni “Va sizlarni yana boshqattan undan chiqarurmiz”, deydi.
Bu “Toha” surasi 55-oyatidagi jumlalar bo‘lib, oyatning to‘lig‘i quyidagicha: مِنْهَا خَلَقْنَاكُمْ وَفِيهَا نُعِيدُكُمْ وَمِنْهَا نُخْرِجُكُمْ تَارَةً أُخْرَى “Biz sizlarni undan (erdan) yaratdik, unga qaytarurmiz va (qiyomat kunida) sizlarni yana boshqattan undan chiqarurmiz”.
Qabr ichiga pishgan g‘isht, yog‘och ishlatish makruh. Qamish ishlatishning zarari yo‘q.
Mayyit ayol bo‘lsa, qabrga tushirilishidan to g‘isht bilan to‘silguncha biror kiyim yoki mato bilan to‘sib turish mustahabdir.
Qabr yorma bo‘lsa, unga tegmaydigan qilib tepasi yopiladi, so‘ng ustiga tuproq tortiladi.
Qabrni bilinib tursin uchun erdan bir qarich balandlikda cho‘ziqroq tuya o‘rkachi shaklida ko‘tarish sunnatdir. Ba’zi namga yaqin, ozroq kavlansa suv chiqib ketadigan erlarda mayyitni yuzaroq ko‘mib, uni himoya qilish uchun, sharoitdan kelib chiqib, tepasiga g‘ishtdan sag‘ana qilishga ruhsat etilgan.
FOYDA:
Qabrga sig‘inish ham qabrlarni ziynatlash, ularning ustiga turli binolar qurish tufayli kelib chiqqan. Shuning uchun ham qabrlarni baland ko‘tarishga ruxsat yo‘q.
Dafndan so‘ng yig‘ilgan jamoat tuya so‘yilib, go‘shti bo‘linguncha muddat turib, mayyit haqqiga duo qilishlari mustahabdir. Zero Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday qilar edilar. عَنْ عُثْمَانَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِذَا فَرَغَ مِنْ دَفْنِ الْمَيِّتِ، يَقِفُ عَلَيْهِ، وَقَالَ: اسْتَغْفِرُوا لأَخِيكُمْ، وَاسْأَلُوا اللهَ لَهُ التَّثْبِيتَ، فَإِنَّهُ الآنَ يُسْأَلُ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالْبَيْهَقِيُّ
Usmon roziallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mayyitni dafn qilib bo‘lgach, biroz turardilar va “Unga istig‘for aytinglar, Allohdan unga sabot so‘ranglar, zero u hozir so‘roq qilinadi”, der edilar”.
Abu Dovud va Bayhaqiy rivoyati.
Shuningdek, ulamolar qabr ustida Qur’on tilovati qilishni ham yaxshi sanaganlar. Bizda esa “Mulk” surasini qiroat qilish odat bo‘lgan. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “U (Taborak surasi) man’ qiluvchidir. U najot beruvchidir. Unga qabr azobidan najot beradi”, deganlar. قَالَ سَعْدَ بْنَ أَبِي وَقَّاصٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ فِي مَرَضِهِ الَّذِي هَلَكَ فِيهِ الْحِدُوا لِي لَحْدًا وَانْصِبُوا عَلَيَّ اللَّبِنَ نَصْبًا كَمَا صُنِعَ بِرَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَحْمَدُ وَالنَّسَائِيُّ Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu o‘limidan oldingi bemorligida «Menga lahad qazinglar. Ustimga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qilinganga o‘xshab g‘isht qalanglar», degan.

Masala: Ayol kishini qabrga qo‘yayotganda ambar tepasidan parda tortib turish mustahabdir. Kafan ochilib qolish xavfi bo‘lsa, parda tortib turish vojibdir.
Masala: Erkak kishini dafn qilyapganda parda tutish shart emas. Agar yomg‘ir, qor yog‘ayapganligi tufayli yoki oftobdan soya qilish uchun to‘silsa joizdir.
Masala: Qabrni to‘rt burchak qilib qo‘yish makruhdir. Tuyani o‘rkachi kabi do‘ppaytirib qo‘yish mustahabdir. Shuningdek tuproq tortilib bo‘lganidan keyin ustidan suv sepib qo‘yish ham mustahabdir. Vallohu a’lam!
20 Aprel 2022, 21:03 | Savol-javoblar | 188 | Adabiyot