Odamzod xarakteri

Assalomu alaykum! Yangilikdan iqtibos keltiryapman; Olimlar bolalar ota-onaning aytganlarini emas, ularning xatti-harakatlarini ko‘rib o‘rganishini isbotlashdi. Farzandingizga saboq bermoqchi bo‘lsangiz, buni o‘z misolingizda ko‘rsating, deyiladi RD nashrida.
Bolalar ota-onalaridan faqatgina ularning genlarini meros qilib olishmaydi. Farzandlar kattalarning xatti-harakatlarini kuzatib, ularning shaxsiy sifatlari, masalan, tirishqoqlik va maqsad sari intilish kabi fazilatlarini o‘zlashtirishadi.
Massachusets texnologiya instituti olimlari ota-onaning qanday qilib qiyinchiliklarni muvaffaqiyatli engib o‘tayotganini ko‘rgan bola kelgusida biror bir vazifani bajarishda tirishqoqlikni namoyon etishini aniqlashdi.
«Bolalar atrofdagi olamni o‘rganish, shuningdek bu olamda o‘z xulq-atvorini o‘zgartirish uchun bir mantiqiy xulosadan foydalanishadi, — deya izohlaydi mazkur tadqiqotni o‘tkazgan kognitivist-olimlardan biri Lora Shults. — Biz xatti-harakatlarimiz bolalarga qanchalik kuchli ta’sir qilishini anglab etmaymiz. Ular bizni kuzatib, o‘zlariga tegishli xulosalar chiqarishadi».
Tadqiqotda 13-18 oylik 262 nafar bola qatnashdi, ular uch guruhga ajratildi. Birinchi guruhda ilmiy xodim o‘zini ikki o‘yinchoqni uzoq yig‘ayotganga soldi, keyin esa bola yordamida uni yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi guruhda olim shunchaki ikki o‘yinchoqni o‘zi yig‘ib qo‘ya qoldi. Uchinchisida esa u umuman hech narsa qilmadi.
Iktibos tugadi. Aziz ustozlar dinimiz bu odamzod xarakteridagi yangi aniklangan xolatga nima deydi yoki bu yangilik emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Tavba” surasi 119-oyatida marhamat qiladi : يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ اتَّقُواْ اللّهَ وَكُونُواْ مَعَ الصَّادِقِينَ۝ Ey iymon keltirganlar! Allohga taqvo qilinglar va sodiqlar ila birga bo‘linglar! Oddiy achchiq qalampir yonida o‘sgan bulg‘or qalampiri yonidagidan ta’sirlanib achchiq bo‘lganida butun boshli bolaga ota-onadan o‘tmaydimi? Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 00:08 | Savol-javoblar | 170 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar