Topilgan telefon
Assalomu alaykum! Ustozlar, man bundan 5-6 oy oldin bir telefon topib olgan edim. Uni sim kartasini chiqarib otdim va zavodskoy nastroyka qildim. Shu telefonni haligacha ishlatib kelyapman, lekin hadis va maruzalarda eshitdim va sizlarni kanallaringizda ham o‘qib chiqdim. Bu katta gunohligini kech bildim, man Rossiyadaman, telefonni egasi rus kishi, uni topishni iloji yo‘q. O‘zim alhamdulillah besh vaqt namoz o‘qiyman, bilmay bu ishni qilib qo‘ydim. Shayton vasvasa qildi, hech qachon bunaqa vaziyatda bo‘lmaganman, Allohimdan doim mag‘firat qilishini so‘rayman, lekin ich-ichimni eyapti. Nima qilay shu telefonni narxi qancha bo‘lsa shuncha sadaqa qilaymi? Iltimos yordam beringlar qiynalib ketdim Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Avvalo egasini topishga harakat qiling. Telefon topib olganingizni va uni qandayligini aytmasdan e’lon bering. Hamma narsasini to‘g‘ri topgan odam egasi bo‘ladi. Egasi chiqmasagina telefon egasining nomidan sadaqa qilishingiz mumkin. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 00:25 | Savol-javoblar | 174 | Halol va harom