Ixlos surasini o‘qish haqida

Assalomu alaykum! Avvalam bor sizlarga olib borayotgan ishlaringiz uchun katta rahmat aytmokchiman. Sizlarning yordamingiz bilan bilimlarimiz oshib boryapti alxamdulillax. Men bir joyda «Ixlos» surasini har kuni 1000 martadan 40 kun o‘qib Allohdan hojatini so‘rasa, Alloh so‘raganini beradi inshaAlloh deb eshitgandim. Savolim shuki, ayol kishi hayz kunlari ham «Ixlos» surasini og‘zaki 1000 martadan o‘qib yurishi joizmi? Oldindan katta rahmat, Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Joiz emas. Uni o‘rniga sunnatda kelgan zikr va duolarni o‘qib yursin. Quyidagi linkda berilgan ma’lumotlarni o‘qib chiqing. Vallohu a’lam! https://fiqh.uz/index.php/ibodat/halol-harom/ayollar/587-ajz-va-nifosga-oid-savol-zhavoblar

30 Aprel 2022, 00:25 | Savol-javoblar | 169 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar