Operatsiyadan keyingi nomoz
Assalomu alaykum! Muhtaram ustozlar, bu sayt orqali juda ko‘p narsalarni bilib oldim. Sizlarga ming rahmat. Allohga shukurki 5 vaqt nomoz o‘qishni boshladim. Lekin ba’zida tushunmay qolgan savollar kelib qoladi. Ming bir uzur bilan so‘rayman. Operatsiya bo‘lib (kiserva) farzandli bo‘ldim. Operatsiyadan so‘ng 2-3 oycha o‘zimni tiklab olishim qiyin bo‘ldi. Bunday xolatda qanday namoz o‘qisa bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qodir bo‘lganingizcha tik turib o‘qishga qodir bo‘lsangniz tik turib, o‘tirib o‘qishga qodir bo‘lsangiz o‘tirib, o‘tirib o‘qishga ham qiynalsangiz yotib ham o‘qishingiz mumkin. Alloh aslo bandasini toqatidan tashqari narsaga buyurmaydi. Ruku’ va sajdaga qiynalsangiz o‘tirib ishora qilib o‘qisangiz ham mayli. Alloh shifo bersin. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 00:58 | Savol-javoblar | 152 | Dolzarb savollar