Daydi itni o‘ldirishlik haqida

Assalomu alaykum! Men Rossiyada mol fermada ishlayman. Yaqinda fermamizga daydi itlar kelib qoldi. U daydi itlar ikkita mushugimni o‘ldirishti va mollarimga ham tashlanishyapti. Itlar bilan shug‘ullanuvchi tashkilotga murojaat qildik, ular itlarni otishmas va o‘zlari bilan ham olib ketishmas ekan. Savol shu itlarni o‘zim o‘ldirvorsam gunoh bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘ldirishdan boshqa chora qolmasagina joiz. Vallohu a’lam!

4 Sentabr 2023, 16:17 | Savol-javoblar | 0 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar