Sexr jodu yoxud aka uka janjali

Ikki aka ukaning yashash joyi bitta erda. Ya’ni bitta xovlida yashashadi. Xovli bulib berilgan. Ammo kandaydir arzimas er uchun xozir ikkisini orasiga sovukchilik tushgan. Buning sababi ukaning xotini sexr jodu bilan shugullanadi. Xamma muammo er uchun bulayapti. Usha ayol kishi xam erini xam Kaynotasini sexrlab olgan ya’ni ukitgan. Ular bir ogiz xam gapirishmaydi. Lekin akasi bu muammoda xak bulishi kerak. Xamma shu tomonda fakat ukasi va otasi bunga karshi chikayapti. U ayol kishi uyga nimadir olib kelib tashlaydi. Uyda xamma narsa orkaga ketadi. Xar xil tashvishlar keladi. Yana ma’lum muddatdan keyin usha narsani olib ketgandan keyin xammasi joyiga tushadi. Usha narsa takrorlanib turadi. Biz usha narsa nima ekanligini bilolmaymiz. Xurmat shayx xazratlari siz usha muammoni echishimizga yordam berishingizni iltimos kilamiz. Javobingizni kutib kolamiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Sehr borligi va uning kishilarga tasir qilishi mavjud haqiqat. Lekin har bir narsa Allohning irodasi bilangina bo‘lishi undan ham yuqori haqiqat. Agar har bir sehr tasir qilaversa, dunyoda sehrgardan ustun odam bo‘lmas edi. Ammo voqe’likka nazar soladigan bo‘lsak, bu harom ishni qiladiganlar eng pastkash odamlar bo‘ladi.Siz aytayotgan odamlarni mazkur xotin emas, dunyoning ishqi sehrlab qo‘yganga o‘xshaydi. Bir qarich erni deb sani manga borishni bundan boshqa narsa bilan izohlab bo‘lmaydi.Bu muammoni hal qilish uchun shariatga amal qilish kerak. Sehrni bahona qilib olmaslik kerak. Bu holatda o‘z aybini xaspo‘shlash uchun sehrni bahona qilib olish borligi yaqqol ko‘rinib turibdi. Nima uchun sehr hammaga tasir qilmasdan faqat o‘zini idora qila olmaydiganlarga tasir qilishidan shuni tushunib olsa bo‘ladi.Er talashganlar shariat hukmini yaxshi biladigan kishini o‘rtada hakam qilib, o‘sha odam chiqargan hukmga amal qilishni sidqi dildan qasd qilib masalani o‘rtaga qo‘yishlari kerak. Keyin hukmni qabul qilsinlar va oradagi ko‘ngilsizlikka barham bersinlar.Keyin sehr haqidagi gumonlarni unutib Allohning barcha narsaga qodirligiga iymonlarni mustahkam qilib halol – pok yashashda bardavom bo‘lsinlar.

30 Aprel 2022, 01:39 | Savol-javoblar | 192 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar