Duo qilishda kaftni erga qaratish

Assalamu alaykum Shayx hazratlari, Allohdan sizga kuch quvvat tilab bir savol bilan murojaat qilmoqchi edim. Masjidlarga borganimda yoki bazi bir tanishlar bilan namoz o‘qiganimda, namozxonlarning ba‘zi birlari namoz so‘nggida duo qilayotganda duo orasida kaftini bir muddat erga qaratadi. Bu man uchun yangilik bo‘lib, shu haqida sizdan biror bir ma‘lumot bo‘lsa, olmoqchi edim. Duo qilish deganda kaftlarni ochib (yuqoriga qaratib) duo qilishni tushunaman, lekin kaftni erga qaratish nimani bildiradi? Bu savolimni qiziqqanim uchun beryapman. Balkim javobi men uchun foydali bo‘lar inshalloh. Sizga va ahli oilangizga Allohdan tinchlik hotirjamlik va barakot tilayman. hurmat bilan Zafar Safaev
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bazilar birovni yomon duo qilayotganda kaftini orqasini qilishni yo‘lga qo‘yganlar.

30 Aprel 2022, 01:40 | Savol-javoblar | 164 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar