Taqvo tushunchasi

Assalomu alaykum! Taqvo tushunchasi, haqiqiy taqvo ya’ni nafaqat oziq-ovqat, kiyinish balki haqiqiy mo‘min musulmon taqvosiga erishish uchun nima qilmoq kerak? Avvalom bor ming bora uzr. Lekin xozirda taqvodorman deb oziq-ovqatdan kiyinishda taqvo qiluvchilarga etibor qilsak ularni o‘zini tutishi ichki dunyosida, odamlar bilan muomalasida betaqvo kishidanda yomon qusurlarni ko‘raman. Menimcha taqvo bu nafaqat tashqi odamlar ko‘radigan biladigan xolatlar emas balki ichki qalb taqvosiga amal qilish xaqiqiy mumin musulmonni vazifasi bo‘lishi kerak. Shuning uchun Sizlarda xaqiqiy qalb taqvosiga erishishim uchun nima qilmog‘im kerakligini so‘ramoqchiman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! "Ruhiy tarbiya" kitobini o‘qing. Ulamolar Islomni besh qismga bo‘lganlar 1-e’tiqod. Ya’ni kishi mo‘min bo‘lishi uchun nimalarga e’tiqod qilish kerak va Islom doirasidan chiqib ketmaslik uchun nimalardan saqlanish kerak. 2-ibodatlar. Ya’ni namoz, ro‘za kabilar 3-muomolat. Har bir kishining kasb-xunar qilishi. 4-muosharot. Ijtimoiy muomalalar. 5-xulq. Musulmon kishi qanday xulqqa ega bo‘lib, qandaylardan xalos bo‘lishi kerak. Ba’zi odamlar bu besh qismni ba’zilariga to‘liq amal qilib, qolganlari ham Islomdan ekanligini unutib qo‘ymoqdalar. Natijada ularning bu ishlari Islomga ta’na toshlarini otilishiga sababchi bo‘lmoqda. Shuning uchun yuqoridagi besh qismning hammasini yaxshi o‘rganib, imkon qadar amal qilishga harkat qilinsa in shaa Alloh Islomga to‘liq kirganlar safida bo‘ladi. Ba’zisiga amal qilib ba’zisini tark qiladigan odamlar Islomni yomon otliq bo‘lishiga, “E namozxonlaring shu bo‘lsa, namoz o‘qimayman” deguvchilarning ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda. Ashraf Ali Tahonaviy rahmatullohi alayh “Inson haqiqiy taqvo qilishi kerak. Xohlaganda bunday xohlaganda unday bo‘lmaslik kerak. Undaylarning taqvosini “kilobiy” itning taqvosi deyiladi. Odatda it oyog‘iga bavl sachramasligi uchun oyog‘ini ko‘tarib bavl qiladi. Go‘yoki bavldan taqvo qilgan bo‘ladi. To‘g‘ri kelib qolganida esa yosh bolalarning najosatini eb ham qo‘yaveradi” deganlar. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 02:45 | Savol-javoblar | 152 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar