Namoz haqida ruscha kitob topsa bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Ustozlar, bir tatar-rus aralash yigiti umuman o‘zbekchani tushunmaydi namozni o‘rganmoqchi. Masjidga kirib jamoatni tamosha qilyabdi, jamoat bilan namoz o‘qidi ham. Namozdan chiqib suhbat  qildik o‘zi sportchi yigit ekan ertalab mashg‘ulotdan kelib soat 05.00 da masjidga kirib namoz o‘qiyabdi, oddiy o‘tirib turaman deydi hech narsani bilmaydi, dindan tushunchasi yo‘q. Mayli uyda uxlab yotganlar qancha dedik. Shu inson yordamga muhtoj maslahat bersangiz nima qilsam bo‘ladi ruscha kitob topib beraman o‘qib o‘rganasan deb va’da berdim. Qaysi kitobni olib berishimni maslahat berasizlar? Do‘konlardan topsa bo‘ladimi? Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Namoz o‘qishni o‘rgatuvchi kitoblar rus tilida mavjud. “Obryadы namaza” deb nomlanganni kitob do‘konlaridan qarang. Shuningdek, Shayx Hazratlari rahimahullohning 15 ga yaqin kitoblari rus tilida ham chop qilingan. Ulardan dinimiz haqida ma’lumotlar olishlari mumkin. O‘zingiz ham harakatlaringiz va muomalangiz bilan unga ibrat bo‘ling. Tushuntirib boring. Vallohu a’lam! Kitob va nashryotga oid savollar bo‘yicha hilolnashr.uz sayti,  [email protected] pochtasi sayti yoki +99871216-29-27ga murojaat qiling. Administrator.

30 Aprel 2022, 03:31 | Savol-javoblar | 157 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar