Aroqxo‘rga pul berish

Assalomu alaykum! Ko‘p marotaba ko‘cha ko‘yda yoshi ulug‘ otaxonlar pul so‘rashadi non olaman, dori olaman deya turli bahonalar bilan. Yaqinda ham shunday bo‘ldi dorixonadan chiqsam bir keksa inson dori olishim kerak pulim yo‘q kasalman dedi, xo‘p deb ozgina pul berdim keyin kuzatsam dorixonadan spirt olib chiqib ichdi. Bu inson gunohi kabira qildi, men esa bunga yordam bergan bo‘lib qolgan bo‘lamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uning niyatini bilmay bergan bo‘lsangiz gunohkor bo‘lmaysiz. Vallohu a’lam!

18 Iyul 2022, 20:11 | Savol-javoblar | 154 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar