Yolg‘on kitobidan savol
Assalomu alaykum! Yolg‘on nomli kitobda o‘qib qoldim. “Munofiqning belgisi uchta: gapirsa yolg‘on gapiradi, va’da qilsa, ustidan chiqmaydi, unga omonat berilsa, xiyonat qiladi”, deganlar. Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan.
Ruhiy Tarbiya kitobida ushbu uchta sifat kichik nifoq haqida deyilgan.
Lekin Yolg‘on kitobida yuqoridagi hadisni izohlab «munofiqlik kofirlikdan ham yomonroqdir» deyilgan.
Savol: «munofiqlik kofirlikdan ham yomonroqdir» degan gap kichik nifoq haqidami yoki katta nifoq haqida. Savol Yolg‘on Kitobi «Yolg‘onning Ho‘qmi» bobidan olindi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Yuqoridagi uch sifat amalga tegishlidir. Kofirdan ham yomonroq bo‘lgan munofiqlik e’tiqodga tegishlidir. Zararga kelganda kofirdan ham ko‘ra munofiqning zarari ko‘p bo‘lishi aniq. Chunki kofirga kofir deb muomala qilinadi, munofiqqa esa mo‘min bo‘lsa kerak deb muomala qilinadi, javobiga munofiqning javobini oladi. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 04:10 | Savol-javoblar | 153 | Ta’lim va muta’allim