G‘ayridinlarni yolg‘onlari

Assalomu alaykum! Beminnat yordamlaringiz uchun Alloh taolo sizlardan rozi bo‘lsin. Nomuslimlar doimo bizni dinimizdan xato qidirishga urinishadi. Bilib tursalarda tan olishmaydi. Yolg‘on ila haqni engmoqchi bo‘lishadi. Shu yolg‘onlardan yana biri, bu Qur’oni karimda grammatik xato bor deyishlari. Qur’oni karimda grammatik xato bor, deydiganlarga, qanday dalillar bilan ularni noxaq ekanliklarini isbotlasa bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Odam alayhissalomga sahifalar nozil bo‘ldi. U kishdan keyingi qavmlar asta sekin dindan uzoqlashib oxiri sahifalarni o‘zgartirishdi. So‘ng Alloh taolo boshqa payg‘ambarlar va ularga sahifalar nozil qildi, payg‘ambarlar vafotidan keyin qavmlari sahifalarni o‘zgartirishdi. Dovud alayhissalomga Zabur nozil qildi. U kishidan keyin ham qavmlar asta sekin dindan uzoqlshib oxiri Zaburni ham o‘zgartirishdi. So‘ng Alloh taolo Muso alayhissalomga Tavrotni nozil qildi. U kishidan keyin ham o‘sha voqe’a bo‘ldi. So‘ng Iyso alayhissalomga Injil nozil bo‘ldi. U kishidan keyin ham kitobni o‘zgartirishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Alloh taologa, “Avvalgi qavmlar kitoblarga o‘zgartirish kiritishganidan keyin yana payg‘ambar jo‘natib ularga kitob nozil qilib dinni va kitobni yangilab turgan. Men payg‘ambarlarni oxirgisi bo‘lsam, mendan keyin boshqa payg‘ambar kelmasa, odamlar keyinchalik menga nozil bo‘lgan Qur’onni o‘zgartirishsa unda nima bo‘ladi” deganlarida Alloh taolo “Hijr” surasidagi quyidagi oyatni nozil qilgan.  إِنَّا نَحْنُ نَزَّلْنَا الذِّكْرَ وَإِنَّا لَهُ لَحَافِظُونَ۝ 9. Albatta, Zikrni Biz nozil qildik va albatta, unga Biz muhofazachimiz.

Shu bilan Qur’oni karimni to qiyomatgacha o‘zgarmasdan xatosiz bo‘lishini Alloh taolo O‘zi kafolatladi. Alloh o‘zi “Albatta Biz muhofazachimiz” deb ta’kidlab turganida sizga bu so‘zlarni aytayotganlar kim ekanki Qur’onda xato bor deyishadi?
Alloh taolo “Kahf” surasida  وَاتْلُ مَا أُوحِيَ إِلَيْكَ مِن كِتَابِ رَبِّكَ لَا مُبَدِّلَ لِكَلِمَاتِهِ وَلَن تَجِدَ مِن دُونِهِ مُلْتَحَدًا۝ 27. Senga Robbingning Kitobidan vahiy qilinganini tilovat qil. Uning kalimalarini almashtiruvchi yo‘q. Undan o‘zga hech qanday panohni topa olmassan. «Uning kalimalarini almashtiruvchi yo‘q».Ya’ni Allohning kalimalarini o‘zgartiruvchi zot yo‘q. Agar birov Uning hukmiga yurmay, kalimalarini o‘zgartirishga harakat qilsa, o‘zidan ko‘raversin:«Undan o‘zga hech qanday panohni topa olmassan».  Panoh faqat Alloh taoloning O‘zidir. Unga osiy bo‘lgan kimsa umuman panohsiz qoladi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:09 | Savol-javoblar | 130 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar