Ayollarning jannatdagi holati

Assalomu alaykum! Bu dunyoda ayollar zaifa qilib yaratilgan. Eriga itoat qilish kerak, erkaklar ayollardan ustun. Ayol erini ruxsatisiz ko‘chaga ham chiqishi mumkin emas. Jannattachi qanday bo‘ladi? Ayol u erda ham zaifa va erkaklardan past hisoblanadimi? Eriga itoat qilishi kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz ayol kishini past deb noto‘g‘ri baho beribsiz. Alloh taolo ayollarni jannatga kirishini juda ham oson va tabiatlariga mos qilib qo‘ygan. عن عبد الرحمن بن عوف قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: إذا صلت المرأة خمسها وصامت شهرها وحفظت فرجها وأطاعت زوجها قيل لها ادخلي الجنة من أي أبواب الجنة شئت رواه الإمام أحمد Abdurrahmon ibn Avf roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:  
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Ayol kishi besh vaqt namozini o‘qisa, bir oy ro‘zasini tutsa, farjini saqlasa va eriga itoat qilsa, unga: “Jannat darvozalarining xohlaganingdan jannatga kir” deyiladi” dedilar.
Imom Ahmad rivoyati. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 15:26 | Savol-javoblar | 187 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar