Harom tomir

Assalomu alaykum! Hazratimizni Hadis va Hayot kitobini Qasam va so‘yishlar kitobidan o‘qidim. Hanafiy mazhabiga ko‘ra barcha so‘yilgan hayvonlarni 7 narsasi harom ekan. Yani eb bo‘lmaydi 1-erkak hayvonni zakari 2-erkak hayvonni ikki moyagi 3-urg‘ochi hayvanni jinsi azosi 4-hayvondagi bez 5-hayvondan oqqan qon 6-o‘t pufak 7-umurtqa orasidagi harom mag‘iz. Xalq orasidagi qassoblar va yaqin mol so‘yadigan brodarlarimiz hayvonlarda (harom tomir) degan narsa bor uni eb bo‘lmaydi deb uni qidirib olib tashlashadi. Ko‘pincha sonlarini orasida bo‘lar ekan. Shu to‘g‘rimi? Tepada sanalganlarni ichida bu yo‘q shunchaki qassoblar o‘ylab topgan narsami va ayrim kishilar bu so‘yilgan molni harom tomiri olinganmi yo‘qmi deb gumonlanib eyishmaydi ham.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qassoblar urfida olib tashlanadi. Aslida aytilgan etti narsa joiz emas. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 14:46 | Savol-javoblar | 193 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar