Maymun haqida

Assalomu alaykum! Ustozlar, berayotgan savolim noo‘rin bo‘lsa oldindan uzr so‘rayman. Tan olish kerakki ushbu haqiqatni maktablarda tarix fanidagi mavzulardan birida inson maymundan kelib chiqqan degan tushuncha mavjud. Bizga o‘qituvchilar insonning yaralishini ilmiy hamda diniy tomondan qo‘llaridan kelguncha tushuntirishgan. Lekin o‘quvchilarga ko‘proq ilmiy nazariya tushuntirilgan va shu sababdan o‘quvchilar o‘sha nazariya to‘g‘ri deb bilishgan va ishonishgan. Men 2 yil oldin bir ma’lmot o‘qigandim esimga qolganicha aytib beraman hatolar bo‘lsa aybga buyurmaysizlar. Unda odam maymundan emas aksincha yahudiylar(hozirgi Izrail) halqi Allohga yoqmagan bir amallari sababli ularni maymunga aylantirib qo‘yganlar. Hozirgi maymunlar esa o‘shandan kelib chiqqan deyilgandi. Iltimos shu haqida ma’lumot bersangizlar manimcha bu ma’lumot hammaga kerak deb o‘ylayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Quyidagi linklarda berilgan javoblarni o‘qing. https://savollar.islom.uz/savol/97665 https://savollar.islom.uz/savol/102907

30 Aprel 2022, 06:57 | Savol-javoblar | 153 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar