Esdan chiqarib shaxvatni qondirish

Assalomu alaykum! Bo‘ydoq odam ro‘za tutsa va ro‘zadorligini mutlaqo esidan chiqarib, qo‘li bilan shaxvatini qondirib qo‘ysa ro‘za ochilmaydimi? Javob uchun katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! اما تأثيره على الصيام عند الحنفية: فهو يفسد الصيام ويوجب القضاء بلا كفارة، وقد قال العلامة ابن نجيم رحمه الله في البحر الرائق شرح كنز الدقائق:( الصائم إذا عالج ذكره حتى أمنى يجب عليه القضاء، وهو المختار)، وفي حاشية ابن عابدين الشامي رحمه الله:( مطلب في حكم الاستمناء بالكف: ( قوله : وكذا الاستمناء بالكف ) أي في كونه لا يفسد لكن هذا إذا لم ينزل أما إذا أنزل فعليه القضاء)، والله أعلم وأستغفر الله Hanafiy mazhabiga ko‘ra istimnoning ro‘zaga ta’siri quyidagichadir. Istimno ro‘zani buzadi, qazosi vojib bo‘ladi, kafforat lozim bo‘lmaydi. Alloma ibn Nujaym “Kanzud daqoiq”ning sharhi “al-Bahrur Roiq”da aytadilar: “Ro‘zador zakarini qo‘li bilan tutib, maniy keltirsa, unga qazo vojib bo‘ladi. Bu muxtor qavldir”. Ibn Obidin Shomiy rahimahullohning “Hoshiya”sida kelgan: “Kaft bilan istimno qilish matlabida “shuningdek kaf bilan istimno qilish” so‘zidan maqsad, agar maniy kelmasa buzmasligidir. Lekin mani keltirsa, qazo vojibdir”. Bu ishni qilgan kishi qattiq gunohkor bo‘ladi, tezda tavba qilishi vojib bo‘ladi. Ro‘zadorligini bilmasdan qilgan bo‘lsa, ochilmaydi. Bilgan zahoti to‘xtashi kerak. Vallohu a’lam!

20 Aprel 2022, 21:09 | Savol-javoblar | 203 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar