Boshliqlarning topshiriqlarini bajarish xaqida

Assalomu alaykum! Korxona tashkilotlarda va boshqa ishxonalarda raxbarlarning topshiriqlarini bajarish lozim bo‘ladi. Goxida raxbarlar o‘zlari yoki biror yaqinlarining manfaatlarini ko‘zlab korxonada joriy qilingan tartiblarga zid keladigan topshiriqlarni ham berishadi. Bu tartibbuzarlik uchun javobgarlikni o‘z zimmalariga olishganliklarini og‘zaki bayon qilishadi. Bunday xolatlarda bu kabi berilgan topshiriqlarni bajarishni rad etish yoki bajarmay qo‘yish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bajarmaslik kerak. Har bir musulmon har qanday holatda kasbi, faoliyatining halol-haromini o‘rganishi va u to‘g‘ri deb bilgan narsani o‘zi qadrlashi va o‘zgalarga ham qadrlashlarini bildirib qo‘yish kerak. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 06:57 | Savol-javoblar | 173 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar