O‘tmishdagi gunohlar
Assalomu alaykum! Bir ma’ruzada kishi hidoyat topishidan oldingi gunohlariga astoydil tavba qilgan bo‘lsa, bemalol men shu ishni qilmaganman desin. Vaholanki tavba qilibdimi, Alloh kechiraman deb turganda gunohini oshkor qilmasdan men shu ishni qilmaganman desin. Misol uchun shu paytgacha namoz o‘qimagan bo‘lsa-yu, tavba qilib namozlarini qoldirmay ado qilayotgan bo‘lsa, bemalol men o‘tmishda benamoz bo‘lmaganman, sigaret chekishni tashlagan bo‘lsa, men sigaret chekmaganman, aroq ichishni tashlagan bo‘lsa men aroq ichmaganman desin, deyildi. Shunday deyish joizmi, yolg‘on bo‘lib qolmaydimi, gunoh emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu inson qilgan gunohini yashirish hisoblanadi. Chunki shariatimiz inson o‘z qilgan gunohlarini maqtanish u yoqda tursin, hatto oshkor qilishdan ham qaytargan. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 07:30 | Savol-javoblar | 174 | Halol va harom