Bolaga tanbeh berish

Assalomu alaykum! Ustozlar, kichkinalarga yaxshilikni o‘rgatishda, to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatishda ba’zan qo‘pol muomila qilsa, yoki tanbeh berishda gunoh yo‘qmi? Jiyanlarimga doim «unday qilma, bunday qigin, kutib turgin, unday gapirmaydi» deb aytaman, akalarim va kenaylarim ularni ota-onasi, ba’zan ota-onalariga qul ham ko‘tarishadi, gap ham qaytarishadi,  so‘ragan narsasini qo‘liga beraveradi, men chidab turolmayman. Agar chiroyli gapirsam, keyingi safar shu ishni yana qilishi mumkin. Shunga qo‘pol gapirvoraman, akam-kenaylarim buni ko‘p to‘g‘ri tushunaverishmaydi, hali kichkina, katta bo‘lganida o‘rgatamiz deyishadi. Bolaga ham erkalab, ham tarbiya berish ota-onalarni vazifasiku. Men ertaga ota-onasini hurmat qilmay qolishidan qo‘rqaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Asosiy narsa doim hikmat bilan ish tutish kerak. Qo‘pollik qilinish kerak bo‘lganda qo‘pollik, tushuntirish kerak bo‘lganida tushuntiriladi. Eng asosiysi pandu nasihat qiladigan kishi nasihat qilinuvchilarning ko‘nglidan joy olgan bo‘lishi kerak. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 08:46 | Savol-javoblar | 172 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar