iktido kilish xakida

Assalomu alaykum Shayx Xazratlari. Mening bir savolim bor edi. Masjidimizda mening bir yakin birodarimning ketidan iktido kilmay kuyishdi, bilishimcha u xozirgi ota-onasidan benikox tugilgan ekan. Uning ketidan iktido kilsak, namozimiz namoz bulmas ekan. Shu gapga nima deysiz. Juda ixlosi baland bola va mening yakin birodarim bulgani uchun bu gapga ishonolmayapman. Javobingiz uchun oldindan raxmat, Ollox xammalarimizdan rozi bulsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu bekor gap. O‘zi iymonli va taqvodor bo‘lsa, bo‘laveradi. Eski kitoblarda tarbiyasi bo‘lmasligi ehtimoli kuchli bo‘lganidan unday odamlarga iqtido qilish makruh, deyilgan xolos.

30 Aprel 2022, 09:17 | Savol-javoblar | 163 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar