Masjidlarda turli dunyoviy yozuvlarni kupayishi
Assalamu alaykum va roxmatulloxi va barokatuxu, hurmatli ahli ilmlar! Alloh Azza va Jallaga xamdlar bo‘lsin, Ramazoni Sharif ham eshik qoqib ostonamizda turibdi. Allohning nusrati bilan yurtimizda diniy va dunyoviy sohalarda katta o‘zgarishlar bo‘lyapti, juda ko‘p yoshlar va kattalar bilan bir qatorda qiziqqan xolda masjidlarni to‘ldirishyapti. Mana shu asnoda hohlardikki, xalqimiz xam ibodatlarni ilmga asoslangan, maromiga etkazgan holda bajarsalar. Ya’ni, tarovex namozlari o‘qilishidan bir kun avval ko‘pchilik har xil katta-yu kichik idishlarda suv, tuz, isirik va hattoki eguliklarni masjidlarga olib kirib qibla tarafni to‘ldirib tashlashadi, bunda avvalgi birinchi saf shu narsalar bilan to‘lib, joy bekordan band bo‘ladi. Va aksariyat qo‘yilgan suv idishlarning og‘izlari ataylab ochilgan bo‘ladi, 30 kecha-yu kunduz ichiga chang, har xil mikrob va boshqa zarar qiluvchi narsalar bilan to‘ladi. Eng yomoni, yillar davomida qaytarilayotgan bu holat «Idishlar og‘zini yopinglar, suv meshini og‘zini berkitinglar, chunki yilda bir kecha bor. U kechada vabo yog‘iladi. Og‘zi yopilmagan idishlar, bog‘ichi bog‘lanmagan meshlar yonidan o‘tganda unga o‘sha vabodan tushadi» degan hadisga to‘gri keladi. Menimcha, hamma narsada ham ilmga asoslanish, mantiq bulish kerak. Ya’ni, suv va boshka narsalar 30 kun Kur’on tilovati bilan boshqacha xususiyatga ega bo‘lib qoladi degan e’tiqodda bo‘linsa, demak bu narsalar albatta masjid xonaqosining birinchi safini egallashi shartmas, balki masjidning hech kimga xalaqit bermaydigan chekka joyida tursa xam bo‘laveradi. Avvalo, dinimiz bunga buyurganmi, shunaqa amallarni o‘ziga vazifa qilib olganlar o‘zlari uchun bilib olishlari shart deb o‘ylayman. Yana bir jixati suv idishlari, xar xil egulik va xokazolar bilan to‘ldirilgan paketlaru xaltalarning ustiga xar xil yozuvlar, inson va xayvonlarning rasmlari tushirilgan bo‘lib, Shayx xazratlaridan shu xususda so‘ralganida, ya’ni «namoz paytida dunyoviy yozuvlarga ko‘z tushib qolsa xukmi qanday» deyilganda birinchi javoblarida namoz buzilmaydi deganlar. Birmuncha vakt o‘tib yana so‘ralganida namoz buziladi deganlar. Demak, shuncha odamlarning namozlaridagi xushu va xuzuga futur etishiga va xattoki buzilishiga sababchi bo‘linadi. Holat shu darajaga borib etadiki, hatto mehrob xam to‘lib ketadi, endi bunda imomning ko‘zi shu ko‘yilgan suv va h.k.lardagi yozuvlarga tushmaydi deb kim kafolat beradi, agar usha narsalar tufayli imom adashsa, kimga savobu, kimga iqob? Yana bir narsa, ko‘pchilik yoshlar va xatto katta yoshdagi namozxonlarni kiyimlaridagi xar xil odamlar va xayvonlar suratlari, ajnabiy va reklama yozuvlari bo‘lib, orqa safdagilarning shu yozuvlarga ko‘zi tushib kolish xolati. Aksari xollarda bu yozuvlar adabsiz, moloyaniy so‘zlarni bildiradi. Bu xol xam yuqoridagi misolga to‘gri kelayapti. Axir masjidning, namozning odobi birinchi o‘rindaku!? Menimcha, yangi namozxonlarning safi kengayib borayotganini inobatga olib, imomlarimiz masjid, namoz va kiyinish odobi, qoidalari xususida tez-tez ma’ruzalar qilib turishsa maksadga muvofiq bo‘linar edi. Yana bir masala, masjidlarimizdagi boshqa dunyoviy yozuvlarni ko‘pligi, qaysiki: telefon ishlatmaslik, yong‘in xavfsizligiga amal qilish. Birinchisi bo‘yicha, yozuv o‘rniga telefonni ustidan qizil xoshiya tortib ko‘yilinsa, shu kifoya qiladi. Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha esa masjid ichiga odamlarning rasmlari tushirilgan va xar xil dunyoviy yozuvli plakatlar qo‘yiladi, albatta shu va shunga o‘xshash xavfsizlik masalalari albatta birinchi o‘rinda turadi, xayotiy zarur va dolzarbdir, lekin namoz paytida shu yozuvlarga bexosdan ko‘z tushib o‘qilishi va namozni buzilishini xisobga oladigan bo‘lsak, buning echimini xam topsa bo‘ladi, ya’ni xammamiz uchun kerakli bo‘lgan xavfsizlik talablarini etkazishdek xayrli ishga ziyon etkazmagan xolda ushbu plakatlarni masjidlarning sal chekkaroq joylariga joylashtirilsa, masalan taxoratxonalar oldiga yoki maslaxatlashgan xolda boshqa joyga. Albatta, bu masalalarni men qanaqadir fitna chikarish uchun emas, balki Buyuk Alloxning roziligi maqsadida kuyunib sizlarga yo‘llamoqdamanki, zora xalqimizning namoz ibodatlarida bo‘lsin, boshqa ibodatlarda bo‘lsin, o‘tgan ulug‘ ajdodlarimizning Xaq yo‘lidagi izidan adashmasdan borib Allox Subxana va Taoloning roziligiga erishib, jannatdagi eng oliy makomlarga loyiq bo‘lishsa. Va bu xususdagi masalalarni siz azizlar O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasi, diyorimizdagi dunyo tanigan nufuzli olimlarimizga etkazib, ularni ijobiy xal bo‘lishida o‘z xissangizni ko‘shib, yaxshilikka sababchi bo‘lsangiz. Lozim topsangizlar, bu masalani telegram tarmog‘ida xam joylashtirsangiz, zero muxlislaringizni soni kundan-kunga oshib borayotir. Sizlarga din yo‘lidagi mashaqqatli sa’y-xarakatingizga Yaratgandan baraka va xolislik tilab qoluvchi muxlisingiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! To‘g‘ri fikr bildiribsiz. Tabarruklanaman deb birinchi safni band qilish to‘g‘ri emas. Qur’on ovozi eshtiladigan joyga qo‘yilsa ham maqsad hosil bo‘laveradi. Uyida Qur’on o‘qiganda oldiga qo‘yib olsa ham bo‘laveradi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:29 | Savol-javoblar | 176 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! To‘g‘ri fikr bildiribsiz. Tabarruklanaman deb birinchi safni band qilish to‘g‘ri emas. Qur’on ovozi eshtiladigan joyga qo‘yilsa ham maqsad hosil bo‘laveradi. Uyida Qur’on o‘qiganda oldiga qo‘yib olsa ham bo‘laveradi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:29 | Savol-javoblar | 176 | Dolzarb savollar