Ishim to‘g‘rimi?
Assalomu alaykum! Umrlaringgiz ziyoda bo‘lsin. Oilam bilan baliq tanovvul qilish maqsadida Toshkentdagi milliy taomlardan biriga kirmoqchi bo‘ldik. Ayolimga ko‘chada kutib turishini, baliq bo‘lsa kirishini aytdim va o‘zim ichkariga kirib so‘radim. Xodima qizdan baliq bor yo‘g‘ligini so‘radim Qiz ha bor bemalol kiravering deb javob berdi. Oilam bilan kirib o‘tirdik, ovqatdan oldin salat va boshqa narsalarni buyurtma qildik, kichkina qizim buyurtmani eyishni boshladi. Navbat ovqatga keldi ofitsantga baliq olib kelishini aytsam “bizda baliq yo‘q” deb javob berdi. So‘raganimda bor degan qizga “bor deganinggiz uchun kirgandik, maqsad baliq tanavvul qilish edi” deb hech nimaga pul to‘lamiy chiqib ketdik. Ishim to‘g‘rimi? Qizim egani halolmi? Ishim noto‘g‘ri bo‘lsa nima qilsam oylam va qizim egani halol bo‘ladi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Eyilgan qismini pulini to‘lang. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 10:33 | Savol-javoblar | 145 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Eyilgan qismini pulini to‘lang. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 10:33 | Savol-javoblar | 145 | Halol va harom