Sunnati muakkadami, sunnatmi yoki mandub bid’atmi?

Assalamu alaykum ustoz."Kifoya"ning birinchi juzida Taroveh namozi haqida malumotlarni oldik, lekin bir hulosaga kela olmayapmiz.Masala Taroveh namozini MASJIDDA JAMOAT BILAN o‘qish borasida ketmoqda. Umar r.a. buni yahshi bid‘at degan ekanlar, Abu Hanifa r.a sunnati muakkada deganlar ekan, shu erdagi hadis matniga ko‘ra bu oddiy sunnatday tuyulmoqda.Savolimiz: Taroveh namozini masjidda jamoat ila o‘qimoq sunnati muakkadami, sunnatmi yoki mandub bid‘atmi? Masjidga chiqmay uyda o‘qilsa malomat qilinmaydimi?Jazokollohu hoyron.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Sizga tuyulgan bo‘lsa, Abu Haniyfaga sizga tuyulganga o‘xshash hisni paydo qilgan hadisdan boshqa dalillarni ham aniq o‘rganib chiqqanlaridan keyin sunnati muakkada ekani jazm bo‘lgan va o‘sha hukmni e’lon qilganlar. Hazrati Umar fiqhiy hukmni emas, amalning vasini aytganlar.

30 Aprel 2022, 10:55 | Savol-javoblar | 150 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar