Junub holda kiyilgan kiyim

Assalomu alaykum! Junub holdagi kishi, g‘usl qilinadigan joygacha kiyimsiz bormaslik uchun ustiga kiyilgan kiyimni, agar o‘sha kiyimga najosat tegmagan bo‘lsa, g‘usldan keyin yuvmasdan kiyib namoz o‘qisa bo‘ladimi? Alloh barchalaringizdan rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar kiyimga najosat tegmagan bo‘lsa, badanidagi junublik kiyimga hech qanday ta’sir qilmaydi. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 11:39 | Savol-javoblar | 162 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar