Mijoz olib kelganning haqi

Assalomu alaykum! Alloh ilmingizni ziyoda qilsin iloxim. Ayrim tilla, shuba, posudalar va hokazolar do‘konidagi sotuvchilar bizga mijoz olib kelsang shularga sotilgan tovardan 10-20 % miqdorida shundan senga ulush chiqarib beraman deyishadi. Shu pullar menga xalolmi yoki xarommi? Javobingiz uchun oldindan rahmat. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sotuvchilar o‘zlarining foydasidan bersa joiz. Narxiga sizni xizmat haqingizni qo‘yib sotishsa joiz emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:01 | Savol-javoblar | 146 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar