Yana abort haqida
Assalomu alaykum! Abort haqida izlash xizmatidan foydalandim, unda juda ham ko‘p javob berilgan ekan, lekin kerakli javobni topa olmadim. Savolim quyidagicha:
ayolim homilador bo‘lib qolgan, homila chamasi 1 oyga etmaydi. Lekin hali ona sutiga to‘ymagan 9 oylik qiz farzandimiz bor. Ota-onasiga o‘xshagani uchunmi yoki nimjonroqmi bir oz ozg‘inroq. Homilani abort qildiraylik desak izlash xizmatidan o‘qib abort qilmaslikka qaror qilayapmiz. Lekin 9 oylik qizimiz sutga to‘ymay sog‘ligiga ta’sir qilsachi deb o‘ylanib turibmiz. Hammasi Allohdan deb bilamiz albatta, lekin qaror qabul qilishimiz uchun siz ustozlarning to‘g‘ri javobingiz kerak. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Savolingizni "muslimaat.uz" saytining "Dinda savolim bor" bo‘limiga bersangiz shifokor javob beradi. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 13:50 | Savol-javoblar | 163 | Tabobat