Bu shirk emasmi
Assalomu alaykum! Agar ish yoki o‘qishida muammo bo‘lishidan qo‘rqib namozni qazo qilmasa, ammo kech o‘qisa, misol uchun peshin namozni masjidda 13:00 da o‘qilsayu u kechiktirib 14:00 da o‘qisa, bunda qo‘rquvdagi shirk bo‘lmaydimi? Dunyo muamolaridan qo‘rquvni Alloh taolodan bo‘lgan qurquv bilan raqobatlashishi bo‘lmaydimi? Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu shirk emas. 14:00da o‘qilsa vaqtida o‘qilgan bo‘ladi. Alloh taolo “Naml” surasida marhamat qiladi: وَأَلْقِ عَصَاكَ فَلَمَّا رَآهَا تَهْتَزُّ كَأَنَّهَا جَانٌّ وَلَّى مُدْبِرًا وَلَمْ يُعَقِّبْ يَا مُوسَى لَا تَخَفْ إِنِّي لَا يَخَافُ لَدَيَّ الْمُرْسَلُونَ 10. Va asoingni tashla!» Uning ilon kabi qimirlayotganini ko‘r¬gach, orqasiga qaramay qochdi. «Ey Muso! Qo‘rqma! Zero, Mening huzurimda rasullar qo‘rqmaslar!»
Alloh taolo Muso alayhissalomga nido qilayotgan Zot O‘zi ekanini bayon qilib bo‘lganidan keyin:
«Va asoingni tashla!» – deb amr etdi. Muso alayhissalom qo‘llaridagi asoni erga tashladilar. Aso ilonga aylanib, harakatlana boshladi.
«Uning ilon kabi qimirlayotganini ko‘r¬gach, orqasiga qaramay qochdi».
Muso alayhissalom zulmatli kechada, sovuq sahroda, xilvat joyda to‘satdan bo‘lgan bu voqeadan qattiq qo‘rqib ketdilar va o‘zlarini ilondan olib qochdilar. Shunda Alloh taolo u kishiga:
«Ey Muso! Qo‘rqma! Zero, Mening huzurimda rasullar qo‘rqmaslar!» – dedi.
Shu bilan Muso alayhissalomning ham o‘sha payg‘ambarlardan biri ekanliklari ochiq e’lon qilindi.
«Payg‘ambarlar payg‘ambarlik amrini Robblaridan qabul qilish chog‘ida, ya’ni U Zotning huzurida turganlarida, hech qo‘rqmaslar. Sen ham payg‘ambar bo‘lding, Mening huzurimda payg‘ambarlik amrini qabul qilmoqdasan, zinhor qo‘rqma». ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:23 | Savol-javoblar | 200 | Namoz