Ro‘za Qandli diabet - saxar

Assalamu alaykum! Muhtaram fazilatlik Shayh hazratlari! Otam yaqinda qattiq siqilish sababli qandli diabet - saxar kasalligiga chalindilar. Otam har 2 soatda ozgina tamaddi qilib turmasalar titrab qolyaptilar. Otamga ro‘za tutish tibbiyot tomonidan umuman mumkin emas ekan. Otam fidya berib ro‘za tutmasalar bo‘ladimi? Javob uchun: Jazakallohu xoyron kasiyro.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Tuzalishdan umid bo‘lmasa, fidya bersa bo‘ladi.

29 Aprel 2022, 04:41 | Savol-javoblar | 158 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar