Bevafo ayol

Bu savolni bir do‘stimning nomidan yozayapman: Bir ayolni bilaman, u ayol eriga xiyonat qilayapti. Men buni aniq bilaman. Eri mendan “xotinim boshqa erkak bilan gaplashadimi yoki yo‘qmi?” deb so‘rayapti. Men u ayolga “bundan keyin gaplashsangiz eringizga aytmayman” dedim. U “xo‘p” deb, yana gaplashayapti. U ayol kechki smenada ishlaydi, u bola bu ayolning oldiga kelib turishini o‘zim ko‘rganman. Endi bu ishlarni eriga aytish yoki aytmaslikni bilmayapman. Ularning ikki yoshgina o‘g‘ilchasi bor, shuni ham o‘ylayapman? Men o‘sha bola bilan ham, u ayol bilan ham telefonda gaplashganman va uni telefonga “zapis” qilganman. Lekin jinsiy aloqa qilganini ham ko‘rmaganman. Shu zapisni eriga eshittirsam yomon bo‘ladi. Shunga qanday yo‘l tutsam bo‘ladi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ayolning o‘z qarindoshlariga ayting. Ular uni tartibga chaqirishsin.

29 Aprel 2022, 07:24 | Savol-javoblar | 162 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar