Kursining yaratilishi

Assalomu alaykum! Ustoz berayotgan savolim gunoh bo‘lsa Allohning o‘zi kechirsin. Men Allohning qudratiga, Undan o‘zga iloh yo‘qligiga, U barcha nuqsonlardan pok Zot ekanligiga va Qur’oni karimda yozilganlarga shak shubxasiz ishonaman. Lekin iymonim yanada ziyoda bo‘lish uchun bitta savolga aqlim etmayapti. Oyatul kursi oyatida Allohning kursisi deyilgan joyiga tushunolmadim. Alloh xech qanday yordamga, xech qanday xojatga muxtoj emasku, kursi deyilganda qanday ma’no nazarda tutilgan? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo kursiyni yaratsa unga muxtoj degan narsa kelib chiqmaydi. Siz ham bir kursi kabi maxluqsiz masalan ka’ba ham shunday. Bu degani Alloh taolo siz va ka’baga muxtoj degani emasku. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:40 | Savol-javoblar | 136 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar