Ayollar kiyimi haqida

Assalomu alaykum! Xotinimni muslimalarga o‘xshab kiyinishni aytsam, lekin u kiyinishni xohlamayman desa, gapimga kirmasa, qanday chora ko‘rsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Inson Alloh taoloni tanishiga qarab hukmlarini amalga oshirish sodir bo‘ladi. Kim qanchalik Alloh taoloni ko‘p tanisa, Allohdan bo‘ladigan qo‘rqinchi ham shuncha ziyoda bo‘ladi. Alloh taolo “Fatir” surasi  28-oyatida marhamat qiladi : إِنَّمَا يَخْشَى اللَّهَ مِنْ عِبَادِهِ الْعُلَمَاء إِنَّ اللَّهَ عَزِيزٌ غَفُورٌ۝ «Allohdan bandalari ichidan faqat olimlarigina qo‘rqarlar». Alloh taoloning qudratini his etib, yaratilgan narsalardan ibrat olib, ularning yaratuvchisi borligini anglab etib, aqli bilan Allohni topgan va Undan qo‘rqqan odamgina olim hisoblanadi. Ammo mazkur maxluqotlarning tarixi, tuzilishi, tarkibidagi moddalari, xususiyatlari va boshqa turli ma’lumotlarini to‘liq o‘rganib, ularni yaratgan Allohni tanimagan va undan qo‘rqmagan odam o‘ta johil hisoblanadi. Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu: «Ilm gapning ko‘pligida emas. Ilm qo‘rqishning ko‘pligidir», – degan ekanlar. Imom Hasan Basriy:«Olim Allohdan g‘oyibona qo‘rqqan odamdir. Alloh qiziqtirgan narsaga qiziqqan, Alloh yomon ko‘rgan narsadan qochgan odamdir», – deb turib, «Allohdan bandalari ichidan faqat olimlarigina qo‘rqarlar» oyatini tilovat qilar ekanlar. «Albatta, Alloh o‘ta izzatlidir, o‘ta mag‘firatlidir». Alloh har narsadan g‘olibdir. Nimani xohlasa, qila olur. U o‘ta mag‘firatli Zotdir. Vaqtida ibrat olib, o‘zini taniganlarni mag‘firat etadi. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Ayolingizni majburlash o‘rniga ilm o‘qitishga harakat qiling. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 15:51 | Savol-javoblar | 165 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar