Najosatmi yoki

hurmatli shayx hazratlari!Menga shifokor davolanish maqsadida anal teshigiga svecha qo‘yishni yozib bergan (dorining nomi VIFERON svechasi). Gap shundaki bu svecha yog‘ga o‘xshash moddadan tayyorlangan bo‘lib, anal teshigi ichiga yuborilgandan keyin 8 soat davomida turishi kerak ekan. Bu svechani ikki mahal qo‘yaman kechqurun muammo yo‘q, ammo kunduz kuni uni qo‘yib ishga ketaman va u erigandan keyin pastga qarab harakatlanadi, natijada ichki kiyimga tegadi. Ushbu najosat yo‘lidan tushgan dori tekkan ichki kiyim nopok hukmida bo‘ladimi? Ishda tabiiyki ich kiyimni almashtirib bo‘lmaydi.Oldindan rahmat.Vassalamu alaykum va rahmatulloh.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Dori o‘zi najas bo‘lmasa va unga tabiiy najosat aralashgan bo‘lsa, nopok bo‘lmaydi.

30 Aprel 2022, 16:13 | Savol-javoblar | 150 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar