Beva ayollarni jannatiy bo‘lishi

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar xayrli ishlaringizga Alloh rivoj bersin. Jannatka Payg‘ambarimizdan ham oldinroq eridan erta beva qolgan farzandlarini Islom yolida tarbiyalagan va farzandlari uchun boshqa turmush qurmagan beva ayollar kirishligi xaqida eshitkan edim. Shu haqida hadislar mavjudmi shunga oydinlik kiritib bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Abu Dovud rahmatullohi alayh rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Men va eri o‘lib etim bolalari qolgan ayol qiyomat kunida shunday bo‘lamiz deb ko‘rsatkich barmoqlari bilan o‘rta barmoqlarini ishora qildilar” deganlar. Yana bir rivoyatda : “Mansab va jamol egasi bo‘lgan ayol eri o‘lib etim bolalari bilan etim qolsa va ular onasidan ajragunlaricha, yoki ayolining kafilligidan behojat bo‘gunlaricha, yoki vafot topgunlaricha etimlariga qarash uchun boshqa turmush qurmasa” deganlar. Bu eriga qarasa etimlarining haqqi zoe bo‘ladigan, etimlariga qarasa erining haqqi zoe bo‘ladigan o‘rinlardadir. Ayol eri bilan jannatda birga bo‘lish uchun eri vafotidan keyin boshqa turmush qurmasa joiz. Abu Dardo va Huzayfa roziyallohu anhumolarning ayollar shunday qilganlar. Lekin ayol yosh bo‘lib, nafaqaga yoki erga ehtiyoji bo‘lsa, turmush qurgani afzal. Ammo eri o‘lib, ayollarning boshqa turmush qurishlarini ayb sanash shariat ruxsat bergan ishni ayblash hisoblanadi. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 16:24 | Savol-javoblar | 153 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar