Kinnachilarga o‘qitish

Assalomu alaykum! Mani 4 farzandim bor Insha Alloh. Farzandlarim ko‘pincha kasal bo‘lib injiqlansa qaynonam kinnachiga olib chiqing deb turib oladilar. Men mumkin emas ekan desam xafa bo‘ladilar biz bolalarimizni doktorga olib bormasdik kinnachiyu domlalar bir pasda tuzatib berishgan deydilar, ko‘pincha ko‘nglilariga karab olib chikaman lekin o‘zim uyda ( Ixlos, Falaq, an-nos) suralarini ukib dam solib turaman. Albatta shifosini Allohdan suragan xolda. Savolim:1) suralarini bilan dam solib turishim tugrimi? 2)kaynonamni xafa kilmaslik uchun kinnachilarga olib borishim shirk amalga kirmiydimi? 3) kaynonam uchun aynan kinnachilar tugrisida sura, va xadislar bormi? Vaxolanki azayimxon, folbin degan kimsalarga borish gunoxligini yaxshi tushunadila.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Albatta dam solib turishingiz to‘g‘ri. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan Qur’on o‘qib dam solib turish hadislarda sobit bo‘lgan.
2). Kinnachining ishiga qarash kerak. Agar shirk aralashsa joiz emas. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 17:18 | Savol-javoblar | 153 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar