Otamning xaqqi bormi

Assalomu alaykum! Men xozir 29yoshdaman, alxamdulillah oilaliman 2ta farzandim bor. Meni onamning 2-turmushidanman 1-turmushidan 2ta opam bor. Dadamning esa 1-turmushidan 3ta o‘g‘il farzandi bor. Men 1yoshligimda oilaviy kelishmovchiliklar tufayli onam 2ta opam va men bilan yana ota uyiga qaytib kelgan. Otam 29yil mendan umuman xabar olmagan aliment xam to‘lamagan. Yaqinda ijtimoiy tarmoqlar orqali opam akalarimni topibdi meni xam ular bilan gaplashtirishdi. Ular men bilan 1 oydan oshiqroq juda yaxshi munosabatda bo‘lishdi va dadasini kechirib yoniga borishimni xoxlashdi, lekin men ularga dadangiz men uchun o‘lgan dedim. Ular xammasi mendan voz kechishdi, dadamiz bilan biz xam o‘lganmiz deyishdi. Shunday vaziyatda men otasini kechirishim kerakmi? Menda u insonning xaqqi qolganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ota har qanday holatda ham otalik maqomida qoladi. Qilgan gunohlari uchun o‘zi, siz o‘zingizni gunohlarizga javob berasiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:34 | Savol-javoblar | 130 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar