Erdan topilgan pul haqida

Assalomu alaykum! Men Rossiyada ishlayman. Deyarli xar kuni ishga avtobusda borib kelaman. Shu vaqtlarda avtobusdan pul topib olaman va shu pullarni olib to‘plab juma kuni namozga borganimda masjid eshigi yonida meni nazdimda muslima ko‘ringan bir ayol bolasi bilan turadi, shu ayolga savob umid qilmasdan beraman. Savolim shuki shu qilayotgan ishim to‘g‘rimi? Yoki pullarni olmaganim afzalmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! To‘g‘ri emas. Egasini topib berish niyatida bo‘lsa oling va topib bering. Aks holda javobgarlikni zimmangizga olmang. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 18:46 | Savol-javoblar | 136 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar