Uyga borish uchun ruxsat

Assalomu alaykum Ustoz. Ushbu savolim er-xotinlik xususida. Agar xotin uyiga asosan ota-onasini, aka-singlini ko‘rgisi kelib eridan ruxsat so‘rasa, lekin er bunga xech qanday sha’riy sababsiz ruxsat bermasa xotin qanday yo‘l tutishi lozim?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Hanafiy mazhabining mashhur kitoblaridan bo‘lmish “Bahrur roiq sharhi Kanzud daqoiq” nomli kitobda bu haqda quyidagilar yozilgan: “To‘g‘ri va fatvo berilgan gap quyidagicha: “Ayol kishi ota-onasining ziyoratiga har haftada bir marta u (eri) ruxsat bersa ham, barmasa ham chiqadi. Mahramlarning ziyoratiga har yilda bir marta u (eri) ruxsat bersa ham, barmasa ham chiqadi”.

30 Aprel 2022, 20:25 | Savol-javoblar | 145 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar