ASoguniyning "Tarixi Muxammadi" kitobidan

Alixontura Soguniyning "Tarixi Muxammadiya" kitobida Me’roj kechada - "shu kechada Jabbori A’zamning jamoli pokiga mushurraf bulishlaridur" deb yozilgan. Bu degani shu kechada Paygambarimiz s.a.w Alloxni :jj jamolini kurgan degan xulosa kilsa buladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu savolning javobida ahli sunna va jamoa ikki xil fikrni aytganlar.Birinchi javob Oisha onamiz roziyallohu anho boshliq bir guruh sahobalarning mazhabi bo‘lib, odamlardan birortasi ham o‘limidan oldin Alloh taoloni ko‘rishi mumkin emas, deydilar.Ularning hujjati imom Muslim Uboda ibn Somit roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisi sharif bo‘lib, unda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam:«Bilinglar, albatta, sizlar o‘lmasingizdan oldin Robbingizni zinhor ko‘rmassiz», deganlar.Imom Buxoriy va boshqa muhaddislar keltirgan rivoyatda Masruq roziyallohu anhu quyidagilarni aytadilar:«Men Oisha roziyallohu anhoga:«Ey, onajon! Muhammad sollallohu alayhi va sallam o‘z Robbisini ko‘rganmilar?» dedim.«Sen aytgan gapdan sochim tikka bo‘ldi! Uch narsani senga kim aytsa, batahqiq, yolg‘on aytibdi.Kim senga Muhammad sollallohu alayhi va sallam Robbisini ko‘rganlar desa, batahqiq, yolg‘on aytibdi, dedi va «Ko‘zlar Uni idrok eta olmas, U ko‘zlarni idrok etar. U latif va xabardor zotdir»ni qiroat qildi. Kim senga u zotning ertaga bo‘ladigan narsani bilishini aytsa, batahqiq, yolg‘on aytibdi, dedi va «Jon o‘zining ertaga nima kasb qilishini bilmas»ni qiroat qildi.Kim senga u zotning biror narsani berkitganlarini aytsa, batahqiq, yolg‘on aytibdi, dedi va «Ey, Payg‘ambar! Senga Robbingdan nozil qilingan narsani etkaz»ni qiroat qildi. Lekin u zot Jabroil alayhissalomni o‘z suvratida ikki marta ko‘rganlar, dedi».Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu boshliq bir guruh sahobalar oldingi gapga zid gapni aytganlar. Ularning ijtihodlari Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam me’rojga chiqqanlarida Alloh taoloni ko‘rganlar degan fikrga asoslangan. Ular o‘zlarining bu fikrlariga «Isro» surasidagi «Biz senga ko‘rsatgan ro‘yoni faqat odamlar uchun fitna qildik, xolos» degan oyatni ham dalil qiladilar.Ammo, to‘g‘risini aytganda, bu oyati karima haqida mufassirlar ko‘plab ta’villarni keltirgan bo‘lsalar ham Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning Alloh taoloni ko‘rganlari haqidagi gapga uncha rozi bo‘lmaganlar. «Sharhi kitobi al-Fiqhil al-Akbar» nomli kitobda Mullo Ali Qori rahmatullohi alayhi:«Ahli Sunna va jamoaning ijmo’i shulki, U zot taoloni bu dunyoda ko‘z bilan ko‘rish aqlan joizdir va oxiratdagisi naqlan va sam’an sobit va voqe’dir. Bu dunyoda shar’an joizligi haqida ixtilof qildilar. Ko‘pchilik uni sobit dedilar. Boshqalar inkor qildilar. So‘ngra uni bu dunyoda sobit deganlar voqe’ bo‘lishini u zot sollallohu alayhi va sallamga Isro kechasida xos bo‘lgan dedilar. Bu esa ulamolar va avliyolar o‘rtasidagi xilofli masaladir.To‘g‘risi, u zot sollallohu alayhi vasallamning o‘z Robbilarini qalblari bilan ko‘rganlari, ko‘zlari bilan emas. Bu «Sharhi aqoid» va boshqa kitoblarda zikr qilingan», degan.(Mana shu qavl Abdulloh ibn Abbos va boshqalarning qavlidir). Bu masalada gap juda ko‘p. Xulosasi shulki, kim Alloh taoloni bu dunyoda ko‘zi bilan ko‘rganini da’vo qilsa, u gapni boshqa ma’noga burishning iloji bo‘lmasa, unga ta’zir beriladi va xalqning ichida sharmanda qilinadi.

30 Aprel 2022, 20:25 | Savol-javoblar | 148 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar